Get Mystery Box with random crypto!

​​ Hech qachon o'quvchingizni shijoatini so'ndirib qo'ymang | Rustam Karimov blogi

​​ Hech qachon o'quvchingizni shijoatini so'ndirib qo'ymang

Buni o'qituvchi bilan birgalikda ota - onalar ham bilishi zarur

Har bir oʻquvchining oʻziga yarasha qanaqadir qobiliyati bo'ladi. Kimdir biologiyadan zoʻr, kimdir geografiyadan. Shunaqa o'quvchilar borki, masalan, o'qituvchining yaxshi bilim berishi tufayli bir fandan darslarda yaxshi qatnashadi, vaholanki, aslida uning qobiliyati boshqa fandan yaxshi ekanligi yillar oʻtib ma'lum boʻladi.

O'quvchining qobiliyatini vaqtida anglash o'qituvchining zehni oʻtkirligidan dalolat beradi.

Lekin shunday holatlar borki, o'qituvchilar o'zlari bilib bilmay, o'quvchining shijoatini sindirib qo'yishadi. Fanni oʻzlashtirishga qiynalayotgan bo'lsada lekin energiya bilan harakat qilayotgan o'quvchiga seni sohang bu emas boshqa sohani tanla deyish. Masalan, sen matematikadan misol ishlash usullarini oʻzlashtirolmaysan, kimyo fani bo'lsa kimyoviy reaksiyalarni bajara olmaysan deyish katta xatodir.

Ko'p o'quvchilar yoshlik paytida she'r yozishga qiziqishadi lekin ko'pchiligini bu ishini toʻxtatishiga o'qituvchisi sabab boʻladi. Yaʼni ular she'r yozish uchun avvalo sen koʻp she'r yodlashing, koʻp kitob oʻqishing kerak demasdan, senda she'r yozishga qobiliyat yo'q deyishi ularni shijoatini so'ndirgan.

Uzimizning tajribadan maʼlumki, ko'p hollarda fan olimpiadalari saralashida ham bunday holat juda koʻp uchraydi. Biror o'quvchi shu fanni yaxshi bilsa u tanlanadi. Boshqa oʻquvchi oʻzini taklif etsa, unga bu seni faniningmas boshqa fanni tanla deyishgan. Hech boʻlmasa bellashuv ham qilib koʻrishmagan.

#Zamonaviy_oqituvchi

@Rustamxon_Karim0v