Get Mystery Box with random crypto!

Ruscha Statuslar

Telegram kanalining logotibi ruscha_statuslar_aforizmla — Ruscha Statuslar R
Telegram kanalining logotibi ruscha_statuslar_aforizmla — Ruscha Statuslar
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 114.63K
Kanalning ta’rifi










Reklama va hamkorlik uchun @Ikhtiyarovicc

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-05-19 00:39:04
Faqat katta kuch evaziga saqlanib qolishi mumkin bo'lgan sadoqat xiyonat qilishdan yaxshiroq emas.
t.me/StatuslarRuscha
1.0K views21:39
Ochish/sharhlash
2022-05-19 00:38:48 Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-14-15-may kunlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
945 views21:38
Ochish/sharhlash
2022-05-19 00:38:45 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

May
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Har ikki imtihon ham 28-may kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Test sinovi uchun to‘lov:

TOEFL ITP - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m);
TOEIC - bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari (1 485 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
972 views21:38
Ochish/sharhlash
2022-05-18 14:02:43
Oxirat va ilk hayot Allohnikidir.
t.me/StatuslarRuscha
2.7K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:52:52
Men duyoning sakkizinchi mo'jizasiman
t.me/StatuslarRuscha
3.2K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:52:44 OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
3.1K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:52:38 TEZKOR: 2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
2.8K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-05-17 20:16:22
Eng katta baxt- seni sevishlarini bilib emas, his qilib yashash
t.me/StatuslarRuscha
1.7K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-05-17 19:41:30
Love Yourself - Justin Bieber (Lyrics)

@Inglizcha_talim |
Join us
https://t.me/+bJTuIsVOvHphMDIy
2.1K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-05-17 15:31:24
Hech kimga, hech narsani aytmang. O'shanda hammasi haqiqatdan ham yaxshi bo'ladi
t.me/StatuslarRuscha
2.6K views12:31
Ochish/sharhlash