Get Mystery Box with random crypto!

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga o | Ruscha Statuslar

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

May
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Har ikki imtihon ham 28-may kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Test sinovi uchun to‘lov:

TOEFL ITP - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m);
TOEIC - bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari (1 485 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari