Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrl | Ruscha Statuslar

OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari