Get Mystery Box with random crypto!

Hayotiy Drabllar (qisqa hikoyalar) ​​Qiziga juda qimmatga mar | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Hayotiy Drabllar (qisqa hikoyalar)

​​Qiziga juda qimmatga marjon sotib olgandan keyin rasmiy moshinasiga oʻtirdi. Shu payt haydovchisi telefonda gaplashardi:
- Bolam, Alloh yetkazgunicha doʻkondan nasiyaga olib tur.


(Nima deyishni bilmadim.)

30 yil umrini kasalliklar yuqshidan ehtiyot boʻlib, qoʻrqib yashadi. Ayniqsa, saratonga chalingan, deyilganlardan oʻzini olib qochdi. Lekin u avtohalokat sabab vafot etdi.

(Taqdir)

Uylandi. Ayoli yoqmadi. “Sababi nima?”, deb soʻrashdi. “Mahramim haqida gapirmayman” dedi. Undan ajrashdi. “Nima sababdan?”, deb soʻrashdi. “Zimmamdan chiqqan ayol haqida gapirmayman”, dedi.

(Mardlik)

Faqir 3 ta apelsin sotib oldi. Birinchisini kesdi. Aynigan chiqdi. Tashlab yubordi. Ikkinchisini ham soʻydi. U ham chirigan ekan. Tashladi. Shamni oʻchirib, uchinchisini kesdi. Va yedi.

(Baʼzan yashab qolish
uchun majbur boʻlamiz)


Toʻyga borishdan oldin oilamga bir voqeani gapirib berayotgandim. Ustimga qahva toʻkilib ketdi. Hamma:
- Endi nima qilasan? Kiyimlaringga qara? - dedi.
Faqat onam...
- Bolam, hech narsa qilmadimi? Kuydirmadimi? - dedilar.


(Jannatim-onam)

Doʻst tanlashda eʼtiborli boʻling. Siz janoza namozingizda kimlar saf tortib turishini tanlayotgan boʻlasiz.

@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi