Get Mystery Box with random crypto!

Ayol ilmli bo‘lishi shart! O‘smir qizlarni ilmli, hunarli, so | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Ayol ilmli bo‘lishi shart!

O‘smir qizlarni ilmli, hunarli, sog‘lom bo‘lishlariga e’tibor qarataylik.

Turmushga osh-ovqat, supur-sidirni o‘rgatib emas (bolaligidan onasini ko‘rib katta bo‘lgan qizga o‘rgatish shartmas!!!), bo‘lajak xonadon egasini avlodini dunyoga keltiruvchi ONAlikka tayyorlab uzataylik.

Tarbiyani homiladorlik davridan boshlab, hamma e’tiborini chilla davrida qaratishini o‘rgataylik.

Onasini hidini bilib oladi demanglar, 10 oy qornida bo‘lgan, tashqi dunyoga moslashish, ruhiyati sog‘lom, o‘ziga ishonchi baland bo‘lishi uchun ona va bola tun-u kun birga bo‘lishlari zarur.

Har kuni 1-2 mahal cho‘miltirib, har kuni silab massaj qilsa, teri taktil orqali bola ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
(buvilarimiz tikani bor ekan deyishlari, onasi bolasini kam cho‘miltirishi, silamasligini bildirishgan).

Tili burro bo‘lishi uchun yuzini, qo‘l barmoqlarini massaj qilish zarur.

Maktabda chiroyli husnixatga ega bo‘lish uchun bo‘yni va qo‘llarini massaj qilishi, go‘dak doim e’tiborda, mehrga ko‘milib katta bo‘lishi uchun ham kerak.

Massaj ilmini o‘rganmasdan, noto‘g‘ri qilsa, go‘dakni nobud qilib qo‘yishi yoki nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lib qolish mumkin!


Nargiza Qurbonova

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi