Get Mystery Box with random crypto!

2022-2023-yangi oʻquv yilida “Mustaqillik dars”lari “Yangi Oʻz | RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

2022-2023-yangi oʻquv yilida “Mustaqillik dars”lari “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkaziladi.

2022-2023-yili respublikamizdagi 10 130 ta maktablarida “Bilimlar kuni”ni “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanadi.

Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.

“Mustaqillik darslari”da oʻquvchilarga xalqimizning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng maʼlumotlar beriladi.

Mazkur darslarni oʻqitish uchun Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan namunaviy ssenariy va tavsiyalar ishlab chiqildi:

“Birinchi qoʻngʻiroq”ning -namunaviy ssenariy va tavsiyalar
“Mustaqillik darsi”dan oʻrin olgan mavzularni oʻqitishda foydalanish tavsiya etilayotgan - Tezislar
“Mustaqillik darsi” -Taqdimot

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|