Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ustozlar! Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yildan ortiq mehna | RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

Hurmatli ustozlar!

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yildan ortiq mehnat stajiga ega oliy toifali pedagoglarning joriy yil o‘tkazilgan attestatsiya jarayonlarida ishtirok etmaganligi natijasida mavjud malaka toifasini yo‘qotganligiga doir noto‘g‘ri talqinlar tarqalmoqda.

Aziz ustozlar!

Havotirga o‘rin yo‘q! Xalq ta’limi vaziri sifatida shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki,
joriy yil mart-may oylarida malaka toifasi olish uchun o‘tkazilgan attestatsiya davrida amalda bo‘lgan tartibga asosan, 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifaga ega pedagoglarning attestatsiyadan o‘tishi majburiy bo‘lmagan va ularning oliy toifa malakasi umrbod saqlab qolinadi.

Shuningdek, albatta, ushbu toifadagi pedagog xodimlarimizning oylik ish haqlari oliy malaka toifaga tegishli lavozim okladidan to‘lanadi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram