Get Mystery Box with random crypto!

Baxtiyormiz, quvnoqmiz, Tabiatga o‘rtoqmiz. O‘ynab-kulib, yayr | RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o‘rtoqmiz.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.

Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!

Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,
G‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram