Get Mystery Box with random crypto!

Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Telegram kanalining logotibi rtm_metodik_xizmat — Respublika ta’lim markazi |Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi rtm_metodik_xizmat — Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Kanal manzili: @rtm_metodik_xizmat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.32K
Kanalning ta’rifi

MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazining telegram kanali
Telegram:
https://t.me/rtm_metodik_xizmat
Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
✉️ E-mail: rtm@xtv.uz

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-03-01 05:46:07
#adabiyot

Bahor keldi seni so'roqlab...

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.  

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
14.1K viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:43:09 #So‘ragan edingiz

OMMALASHTIRISH BO‘YICHA ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Respublika taılim markazining Ommalashtirishuzbot ga kelib tushayotgan quyidagi savollarga javob beramiz:

- Savol:
Ommalashtirish nima?

Javob: Umumiy oʻrta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish.

- Savol: Assalomu alaykum men roʻyxatdan oʻta olmayapman. Qanday qilib roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?

Javob: Ro’yhatdan o’tish uchun ommalashtirish.uz platformasida “Roʻyhatdan oʻtish” tugmasi bosiladi va quyidagi amallar bajariladi:
- Telefon raqami;
- JSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami;
- Parol;
- Parolni tasdiqlash.


- Savol: Ommalashtirish uchun qanday ishlar qabul qilinadi?

Javob: Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Bir soatlik dars ishlanma, videorolik, taqdimotlar qabul qilinmaydi. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
19.0K viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2024-02-28 15:34:11
Diqqat eʼlon!
Hurmatli pedagoglar
, Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushurilishi munosabati bilan pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlaringizni platformaga joylashtirishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
28.9K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2024-02-22 18:54:43 #ommalashtirish

Pedagoglar tomonidan Ommalashtirish.uz platformasiga yuborilgan ishlar Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganilib chiqiladi.

Tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.

Metodik ishlar 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashiga tavsiya etilishi kerak.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
18.4K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2024-02-19 17:01:34
Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.

Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashiga tavsiya etishingiz so'raladi.

Shuningdek, 2024-yilning 20-fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
53.0K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2024-02-17 18:45:38
Tasviriy sanʼat fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fanlari boʻyicha Ilmiy metodik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik masʼullari, Tasviriy sanʼat fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi.

Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinf Tasviriy sanʼat fani oʻquv dasturi muhokama qilindi.

Jumladan:

Dasturga kiritilgan yangi “Mening yurtim” mavzusi orqali vatanparvarlik,
Sketchbook dasturida ishlash mavzusida AKT savodxonligi,
O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san’ati,
O‘zbekiston va jahon tasviriy san’ati namoyondalari,
Sharq miniatyura san’ati,
Grizayl, Badiiy shrift, Me’morchilik kabi mavzular o‘quvchilarni har jihatdan tasviriy va ma’naviy bilimdon, barkamol bo‘lib yetishishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidlandi.


Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi.

Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Tasviriy sanʼat fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.
 
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
16.8K views15:45
Ochish/sharhlash
2024-02-08 21:54:23 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
17.8K viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash
2024-01-27 14:00:36
Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди
#26jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
12.8K views11:00
Ochish/sharhlash
2024-01-25 09:10:29 Pedagogik mahorat va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlarini tayyorlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Xususan, ITSM bilan birgalikda Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari (Phet, Kahoot, Nearpod) bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.

Ushbu qo‘llanmada PhET, Nearpod va Kahoot o‘quv platformalari yordamida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, platformalarda shaxsiy akkaunt yaratishdan boshlab uning barcha funksiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.

Shuningdek, platformalar yordamida interfaol topshiriqlar, dars rejalari, mustaqil vazifalar, testlar, viktorinalar, dars taqdimotlari, tanlangan mavzular bo‘yicha video kontentlarni, tarqatma materiallar yaratish yoki tayyor o‘quv resurslaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
12.6K views06:10
Ochish/sharhlash
2024-01-20 11:32:49
#Õzbekiston_tarixi
#10_dars

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Turk xoqonligi" mavzusiga bagʻishlanadi.

Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan Turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
13.2K views08:32
Ochish/sharhlash