Get Mystery Box with random crypto!

#adabiyot Bahor keldi seni so'roqlab... Salqin saharlarda, | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

#adabiyot

Bahor keldi seni so'roqlab...

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.  

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram