Get Mystery Box with random crypto!

#So‘ragan edingiz OMMALASHTIRISH BO‘YICHA ENG KO‘P KELIB TU | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

#So‘ragan edingiz

OMMALASHTIRISH BO‘YICHA ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Respublika taılim markazining Ommalashtirishuzbot ga kelib tushayotgan quyidagi savollarga javob beramiz:

- Savol:
Ommalashtirish nima?

Javob: Umumiy oʻrta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish.

- Savol: Assalomu alaykum men roʻyxatdan oʻta olmayapman. Qanday qilib roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?

Javob: Ro’yhatdan o’tish uchun ommalashtirish.uz platformasida “Roʻyhatdan oʻtish” tugmasi bosiladi va quyidagi amallar bajariladi:
- Telefon raqami;
- JSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami;
- Parol;
- Parolni tasdiqlash.


- Savol: Ommalashtirish uchun qanday ishlar qabul qilinadi?

Javob: Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Bir soatlik dars ishlanma, videorolik, taqdimotlar qabul qilinmaydi. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.