Get Mystery Box with random crypto!

Rishton News

Telegram kanalining logotibi rishton_news — Rishton News R
Telegram kanalining logotibi rishton_news — Rishton News
Kanal manzili: @rishton_news
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42
Kanalning ta’rifi

Mazkur kanal Rishton yangiliklarini dunyoga va dunyo yangiliklarini Rishtonga tarqatadi.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-04 17:20:32
Ukraina Rossiya ustidan g'alaba qozonishi kerak — Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning fikricha, “yangi Minsk kelishuvi”ning tuzilishiga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki Ukrainaga faqat g'alaba kerak.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Fransiyaning Journal du Dimanche gazetasiga bergan intervyusida “yomon o'ylangan tinchlik shartnomasiRossiya prezidenti Vladimir Putinga “o'z kuchlarini qayta to'plash” imkonini berishini aytdi.

"Shuning uchun biz yangi Minsk kelishuvini ko'tara olmaymiz. Ukrainaga eng sof ko'rinishdagi g'alaba kerak, bu esa uning xavfsizligini tiklaydi", - deya Trassning so'zlarini keltiradi RIA Novosti.

Trass bu masalani Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna bilan muhokama qilganini va "barcha ittifoqchilar bu maqsadda hamfikr" ekanini aytdi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.2K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:40:01
Samarqandda fohishalarni yoqib yuborishdi

Samarqand viloyati Past Darg'om tumanida ikki nafar yigit jinsiy yaqinlik uchun kelgan ikki nafar ayolni o'ldirdi.

Aytishlaricha, ular qizlarni do'stlari orqali topgan. Tanishib, uchrashishga kelishishgan. Ayollar manzilga kelgach, joy masalasida tortishib qolishgan. 20 yoshli yigit janjal davomida qizlardan birini pichoqlagan.

«Onamni haqorat qilgani uchun jahl ustida pichoqlab qo'ydim», — degan u.

Mast yigitlar jinoyatning ochilishidan, qamoqdan qo'rqqani uchun boshqa bir qizni sherigiga pichoq urishga majburlagan.

Ular qizlardan birining joni uzilmaganini bilib, ariq bo'yiga olib borgan. Mashinadagi ko'rpacha va yostiqlarni uning ustiga tashlab, iz qoldirmaslik maqsadida yoqib yuborgan.

Holat yuzasidan sud 20 yoshli sudlanuvchiga 19 yil qamoq jazosi tayinladi. Uning sherigi esa 17 yilga qamalgan.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.2K views12:40
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:30:49
Germaniya gaz zaxirasi Rossiyadan yetkazib berish to'xtatilgan taqdirda qanchaga yetishi ma'lum qilindi

Germaniyadagi hozirgi gaz zaxiralari Rossiyadan yetkazib berish to'xtatilgan taqdirda bir yoki ikki oyga yetishi mumkin — Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Myuller.

"Agar Rossiyadan gaz kelishi to'xtasa va o'rtacha qish boshlansa, Yevropaning boshqa davlatlariga gaz yetkazib berish bo'yicha majburiyatlarimizni hisobga olgan holda hozirda mavjud zaxira, ehtimol, bir yoki ikki oy davom etadi", dedi Myuller.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
138 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:55:59
Tafakkur qiluchilar uchun tarqating...

Bir idishga 50ta sariq, 50ta qora chumolilarni quysangiz ular birga yashayveradi. Agar shu idishni qimirlatsangiz ular bir-birini oʻldiradi. Qora chumolilar sariqlarni dushman deb biladi. Sariq chumolilar qoralarni.

Asl dushman esa idishni qimirlatganlardir...

Elmurod Ermatovning | Facebook sahifasidan

Bizga qoʻshiling
https://t.me/Rishton_News
644 views09:55
Ochish/sharhlash
2022-07-03 12:19:23
Qoraqalpog'istonda 3 iyuldan 2 avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi

Prezident fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo'lgan davrda favqulodda holat joriy etdi.

Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati joriy qilinadi. Milliy gvardiya qo'mondoni Rustam Jo'raev Qoraqalpog'iston Respublikasi komendanti etib tayinlandi.

Bu vaqt ichida Qoraqalpog'iston Respublikasiga kirish va undan chiqish cheklanadi. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
190 views09:19
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:25:03
Farg'onada erkak ayol kishining uyiga bostirib kirib, unga zo'rlik ishlatdi

Rishton tumani. B.X Navbahor mahalla hududida yashovchi X.N ismli ayolning yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasiga kirib, hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib, undan 15.000 so'm miqdoridagi pullarni talonchilik yo'li bilan olib, so'ng qaytarib berib, o'zga shaxslarga ma'lumotlarni oshkor qilmaslik haqida aytib, xonadondan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib protsessual tartibda ushlangan.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Rishton_News
213 viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-06-16 04:49:27
O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 1,5 foiz. Boshqa MDH davlatlarida vaziyat qanday?

Davlat statistika qo‘mitasi MDH davlatlarida inflyatsiya qancha ekanligini ma’lum qildi. 

2022-yilning aprelida MDHga a’zo davlatlar orasida oylik eng yuqori inflyatsiya darajasi Moldova Respublikasida 5,6 foiz darajasida kuzatildi.

Yuqori inflyatsiya darajasini qayd etgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rin Ukrainaga tegishli bo‘lib, aprel oyida inflyatsiya darajasi 3,1 foizga yetgan.

Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 2,0 foiz bo‘lgan.

Rossiyada esa aprelda oylik inflyatsiya 0,12 foizga qisqarib 1,56 foizga tushgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning aprel oyida 1,5 foizlik inflyatsiya darajasi qayd etildi.

Butun dunyoda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush oqibatida inflyatsiya rekord ko‘rsatkichlarda o‘sib bormoqda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Rishton_News
377 viewsedited  01:49
Ochish/sharhlash
2022-06-11 17:24:46
Rossiya qurol zaxiralarini to‘ldirmoqda, zavodlar uch smenada ishlay boshlagan

Rossiya harbiy texnika va qurol-yaroq zaxiralarini to‘ldirmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy ishlab chiqarish kollegiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Andrey Yelchaninov «Interfaks» bilan suhbatda aytgan

Yelchaninovning aytishicha, Rossiya harbiy ishlab chiqarish kompleksi yuqori quvvatda, tinimsiz ishlamoqda. Ko‘pchilik zavodlar ikki smenada ishlayapti, ba’zilari uch smenali uzluksiz ishlash tizimga o‘tgan. Uning aytishicha, korxonalar Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa kuch ishlatar tuzilmalardan tashqari o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» militsiya xizmatlari buyurtmalariga asosan qurol ishlab chiqarmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
310 viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash