Get Mystery Box with random crypto!

Rishton News

Telegram kanalining logotibi rishton_news — Rishton News R
Telegram kanalining logotibi rishton_news — Rishton News
Kanal manzili: @rishton_news
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42
Kanalning ta’rifi

Mazkur kanal Rishton yangiliklarini dunyoga va dunyo yangiliklarini Rishtonga tarqatadi.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 07:01:53
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qurbon hayiti bilan bir-birini qutladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot chog‘ida keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur’at bilan rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev muborak Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:34:01
AQSH O'zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini izchil qo'llab-quvvatlaydi

Qo'shma Shtatlar O'zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini izchil qo'llab-quvvatlaydi.

"Biz O'zbekistonning demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaymiz. Biz hukumatni xalqaro majburiyatlar va O'zbekistonning majburiyatlariga muvofiq barcha asosiy huquqlarni, jumladan tinch yig'ilishlar va o'z fikrini bildirish huquqini himoya qilishga chaqiramiz.

Biz rasmiylarni zo'ravonlik bo'yicha xalqaro me'yorlar va ilg'or tajribalar asosida to'liq, ishonchli va shaffof tergov o'tkazishga chaqiramiz”,
— deya bayonot berdi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:20:21
Haj ziyoratida yurgan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Qoraqalpoq xalqiga murojaat yo'lladi

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida muborak Haj ziyoratida bo'lib turgan o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Qoraqalpog'iston xalqiga murojaat qilib, ularni har xil fitnachi va provakatorlarning nayranglariga aldanib qolmaslikka chaqirdi. U bu haqda o'zining Instagram'dagi sahifasida aytib o'tgan.

"Provokator va fitnachilarning gapiga kirib, yomon va g'arazli niyatlarga aralashib qolmanglar. Yurtimizning tinchligi va ikki xalqning o'rtasidagi totuvlik abadiy bo'lsin” degan bokschi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumanida yashovchi Alisher Avezovga muxlislik qilib, boks sport turini tanlaganini ham ta'kidlagan.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:25:21
42 mamlakat va tashkilot Ukrainani qayta tiklash to'g'risida deklaratsiya qabul qildi

Shveysariyaning Lugano shahrida bo'lib o'tgan Ukrainani qayta tiklash bo'yicha konferensiyaning 42 davlat va tashkilot vakillari tomonidan imzolangan yakuniy deklaratsiyasi e'lon qilindi.

Hujjat qonuniy kuchga ega emas. Unda jahon hamjamiyati Ukrainaning tiklanishiga yordam beradigan umumiy tamoyillar bayon etilgan. Hujjatda, shuningdek, tiklash rejasi "yashashi" va o'zgarishi mumkinligi aytiladi.
Hujjatni imzolagan davlatlar Ukrainani qayta tiklash bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlar Ukraina rasmiylari tomonidan nazorat qilinishi, jarayon esa odamlarning demokratik ishtiroki va gender tengligi tamoyiliga asoslangan holda to'liq moliyaviy shaffof bo'lishi kerakligiga rozilik bildirdi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views05:25
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:10:14
O‘zbekistonda haftalik ish kunlarini to‘rt kunga o‘zgartirish taklif qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qilib, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan haftalik ish kunlarini to‘rt kunga o‘zgartirish bo‘yicha taklif berdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘lib o‘tgan jamoatchilik kengashi yig‘ilishida aytildi.

Butun dunyo, xususan Buyuk Britaniya haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Biz esa haliyam yakshanba kuni ham barcha birdek dam olishini tashkil qilolmay ovoramiz. Shuning uchun yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Deylik, yetti kun ishlasak, sakkizinchi kundagi mehnat unumdorligi qanday bo‘ladi?”, — dedi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:02:09
Farg‘onada profilaktika inspektori pora sifatida baliq olayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida profilaktika inspektori pora sifatida baliq olayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vaziyat IIB tomonidan nazoratga olingan. Xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra holatga oydinlik kiritilib, prokuratura organlariga taqdim qilinishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Menimcha ishchilar oyligini oshirib qoʻyilsa, balki keyin bular pora olishmas

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:01:22
Yevropada gaz narxi mart oyi boshidan beri birinchi marta 1800 dollardan oshdi

Bunday ma'lumotlar London fond birjasi ICE da aks ettirilgan. Narxlar ming kubometr uchun.

Iyun oyi boshida, uch oy ichida birinchi marta kotirovkalar 900 dollardan pastga tushdi.

Biroq, iyun oyi o'rtalarida Rossiyadan etkazib berishning umumiy qisqarishi fonida gaz narxi yana ko'tarildi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 13:13:01
Turkiya O'zbekistonning choralarini qo'llab-quvvatladi

4 iyul kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushog'li o'rtasida telefon muloqoti bo'lib o'tdi.

Suhbat avvalida Chovusho'g'li O'zbekiston tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan qat'iy chora-tadbirlarni Turkiya qat'iy qo'llab-quvvatlashini bildirdi, deya ma'lum qildi O'zbekiston TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, O'zbekiston va Turkiya o'rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va to'laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko'p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko'rib chiqildi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-07-05 11:15:56
Noma'lum shaxslar Britaniya armiyasining Twitter va You Tubedagi akkauntlarini buzib kirishdi

Voqea 3-iyul kuni sodir bo'lgan, endi hisoblar "harbiylar" tomonidan nazorat qilinadi.

Avvaliga sahifalar o'z nomlarini bir necha bor o'zgartirdi, keyin esa ularda NFT lotereyalariga havolalar va firibgar loyihada ishtirok etish uchun qo'ng'iroqlar bilan videolar paydo bo'la boshladi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:31:10
Navoiyda karmanalik bezorilarga qonuniy chora ko'rildi

Karmana tumani Kalovat mahallasida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Sanjar qo'shni mahalladagi do'sti bilan mashinada ko'cha sang'ishni odat qildi. Bu safar ham ular tekkanga tegib, tegmaganga kesak otib vaqtini o'tkazar, boshqalarni mazax qilib rohatlanardi. Bundaylarga salom berish tugul yuziga qaraging kelmaydi. Bir kuni tasodifan o'zining yumishlari bilan yurgan Behzodni to'xtatib Nega bizga salom bermaysan”, - deya so'roqqa tutadi. Izzatalab Sanjarning bema'ni so'roqlari janjalga aylanib ikkovlon Behzodni do'pposlaydilar. Olingan tan jarohati tibbiy ma'lumotnomada bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq jaroxati, o'ng yonoq va gaymar suyagi sinishi, o'ng ko'z qovoqlari lat yeyishi va qontalashi tashhisi bilan qayd etildi.

Ularga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News
1.1K views16:31
Ochish/sharhlash