Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 1,5 foiz. Boshqa MDH davlatlar | Rishton News

O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 1,5 foiz. Boshqa MDH davlatlarida vaziyat qanday?

Davlat statistika qo‘mitasi MDH davlatlarida inflyatsiya qancha ekanligini ma’lum qildi. 

2022-yilning aprelida MDHga a’zo davlatlar orasida oylik eng yuqori inflyatsiya darajasi Moldova Respublikasida 5,6 foiz darajasida kuzatildi.

Yuqori inflyatsiya darajasini qayd etgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rin Ukrainaga tegishli bo‘lib, aprel oyida inflyatsiya darajasi 3,1 foizga yetgan.

Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 2,0 foiz bo‘lgan.

Rossiyada esa aprelda oylik inflyatsiya 0,12 foizga qisqarib 1,56 foizga tushgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning aprel oyida 1,5 foizlik inflyatsiya darajasi qayd etildi.

Butun dunyoda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush oqibatida inflyatsiya rekord ko‘rsatkichlarda o‘sib bormoqda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Rishton_News