Get Mystery Box with random crypto!

Respublika muallimlari - rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi respublikamuallimlari — Respublika muallimlari - rasmiy kanali R
Telegram kanalining logotibi respublikamuallimlari — Respublika muallimlari - rasmiy kanali
Kanal manzili: @respublikamuallimlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.57K
Kanalning ta’rifi

📚Ushbu kanal faoliyati oʻqituvchilar uchun oʻz ijodiy ishlarini joylashtirish va oʻzaro fikr almashishga qaratilgan.
📑UUT-0152-sonli Davlat tomonidan berilgan litsenziya asosida
📲Murojaat va taklif uchun: @Respublikaqabulxonasibot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 10:29:14
“УМИД НИҲОЛЛАРИ - 2022” СПОРТ МУСОБАҚАЛАРИНИНГ ФИНАЛ БОСҚИЧИ НАМАНГАНДА ЮКСАК КЎТАРИНКИЛИК БИЛАН ЎТКАЗИЛДИ

Тадбирда 509 нафар мусобақа ғолибларига эсдалик совғалари топширилди. 3 -ўринни Давлатобод, 2-ўринни Уйчи тумани жамоаси қўлга киритган бўлса, “Умид ниҳоллари - 2022” спорт мусобақаси ғолиби бўлган Тўрақўрғон тумани жамоаси Президент совғаси – “ДАМАС” автомашинаси билан тақдирланди.

166 нафар 1-ўринни эгаллаган ўқувчиларнинг ҳар бири ноутбук, 166 нафар 2-ўрин телевизор, 177 нафар 3-ўрин велосипед ва I-III-даражали медаль, диплом, кубок, шунингдек, уларни мусобақаларга тайёрлаган ўқитувчи-мураббийлар спорт экипировкалари билан тақдирланди.
145 views07:29
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:21:18 ​​​​​ “YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN(MI)?

Abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56.7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
184 views07:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:02:03 MAKTABLARDA METODIK KUNLAR QUYIDAGICHA

Dushanba-Aniq fanlar (matematika, informatika)

Seshanba- Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili)

Chorshanba- Tabiy fanlar ( fizika, kimyo, biologiya, geografiya va IBA)

Payshanba- Ijtimoiy fanlar ( tarix, huquq, tarbiya)

Juma- Xorijiy tillar

Shanba- Boshlang‘ich ta’lim, amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya, jismoniy tarbiya, ChQBT)

FAN OYLIGI QUYIDAGICHA

Sentabr-Boshlang‘ich ta’lim

Oktabr-Ona tili va adabiyot

Noyabr-Rus va xorijiy tillar

Dekabr-Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, huquq)

Yanvar-Tabiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)

Fevral-Aniq fanlar (matematika va informatika)

Mart-Geografiya va iqtisodiyot

Aprel-Amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya)

May-Jismoniy tarbiya, ChQBT

Asos: Xalq Ta’limi Vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i.

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
289 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:00:47 ​​​​Bitta so‘z kam unga, ikkitasi ko‘p,
Ayol bu go‘dakdir — ulg‘aygan go‘dak.
Ayol doimo haq, bahslasha ko‘rmang,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Janjalmi, ketdimi uydan halovat?
Taq etib qo‘yilsa piyola, choynak.
Sovigan choyda hech erimas novvot,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Gumonlar o‘t yoqsa o‘chog‘ingizda,
Qo‘zg‘olon ko‘tarar oshiq u yurak.
Muz ham erimasmi quchog‘ingizda,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Bitta o‘pich bilan yana xoqonsiz,
Qulga aylanadi malika beshak,
Qolmayin desangiz iloj, imkonsiz,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

— Sizdan yaxshisi yo‘q, — desa bo‘ladi.
— Faqat sizni deya uradi yurak!
Shu zahot zilzila, bo‘ron tinadi.
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Minglab va’dalarga ishonmas hargiz,
U qatra mehrni mushtoq kutadi.
Osmondan oy olib berolmasangiz,
Mahkam bag‘ringizga bosing, yetadi!

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
234 views07:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:17:37 Оиладаги аразни кетказадиган йигирмата жумла:

1. Тўғри айтдингиз;
2. Ҳўп бўлади;
3. Сизни (сени) яхши кўраман;
4. Сизни (сени) жуда яхши тушуниб турибман;
5. Қўлларинг дард кўрмасин;
6. Ягонам;
7. Кечир;
8. Сен барибир бошқачасан;
9. Инша Аллоҳ яхшиликка;
10. Сен Аллоҳимнинг менга ҳадясисан;
11. Муаммо йўқ;
12. Раҳмат, жоним;
13. Сенга жаҳл қилмадим;
14. Сени дуо қиламан;
15. Сен топган пул сеники, мен топган ҳам сеники;
16. Буни сен қилмайсан, биламан;
17. Сенинг борлигинг бахтимиз;
18. Қуръонимга қараб қўй;
19. Аллоҳ сендан рози бўлсин;
20. Зўр чиқибди, ярашибди...

• Сиз яна қўшишингиз мумкин. Муҳими жумлаларни ўрнида ишлатиб оилангизни мустаҳкамланг ва турмушингиз фароғатли бўлсин!

#Ибрат

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
334 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:47:47 ProRector 2022 – bu dastur yordamida tez va oson maktab dars jadvalini tayyorlab olishingiz mumkin!

Bu yangi 23.08.2022 kungi versiya!

Dastur o’zbekcha, tushunarli va ishonchli!

Ushbu dasturdan 1500 dan ziyod maktablar foydalanmoqda.

Muhokama guruhi: @ProRectorGroup
Videoroliklar: @ProRectorChannel
371 views14:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:16:10
Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari qabul kvotalari joriy etiladi.

Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyiladi - Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
335 viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:15:56 Rasmiy munosabat

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

Manba...

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
430 viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2022-08-17 05:08:16 #eslatdim

Har narsa o'z vaqtini kutadi.
Na gul vaqtidan oldin ochiladi,
Na quyosh vaqtidan oldin chiqadi.
Kutgin! Seniki bo'lgan narsa albatta senga keladi...

Jaloliddin Rumiy

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
766 views02:08
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:36:41 ​​​ . Muvaffaqiyatli odamlar doimo ijobiy fikrlashadi.

Ular nima boʻlishidan qatʼi nazar, doimo hayotdan quvonadilar. Ular deyarli hamma narsani yaxshi bilishadi. Ular bilan muloqot qilish har doim yoqimli, chunki ular doim tabassumda va doʻstona. Bunday odamlar oʻzlarining baxtiyorligi bilan oʻzgalarni zaxarlaydilar.

. Muvaffaqiyatli odamlar oʻzlariga va muvaffaqiyatlariga ishonadilar.

Ular oʻzlarini hech qachon “men muvaffaqiyatga erisha olmayman”, deb ranjitmaydilar, chunki ular hamma narsani oʻrganish uchun barcha saʼy-harakatlarni oldindan belgilab qoʻyadilar. Ammo, agar biror narsa muvaffaqiyatsiz boʻlsa ham, ular oʻzlarini, ziyon keltirganlardan farqli oʻlaroq, oʻzlaridan “Bu vaziyatda qanday sodir boʻldi va nima qilishim kerak?” Degan savolni soʻrashadi va ijobiy natija olish yoʻllarini izlashadi.

. Muvaffaqiyatli odamlar masʼuliyatdan qoʻrqmaydi.

Xatto qilayotgan qarorlari, boshqalarga malol kelsa ham, tavakkal boʻlsa ham, maʼsuliyatni oʻz boʻynilariga oladilar.

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari
722 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash