Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Bitta so‘z kam unga, ikkitasi ko‘p, Ayol bu go‘dakdir — ul | Respublika muallimlari - rasmiy kanali

​​​​Bitta so‘z kam unga, ikkitasi ko‘p,
Ayol bu go‘dakdir — ulg‘aygan go‘dak.
Ayol doimo haq, bahslasha ko‘rmang,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Janjalmi, ketdimi uydan halovat?
Taq etib qo‘yilsa piyola, choynak.
Sovigan choyda hech erimas novvot,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Gumonlar o‘t yoqsa o‘chog‘ingizda,
Qo‘zg‘olon ko‘tarar oshiq u yurak.
Muz ham erimasmi quchog‘ingizda,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Bitta o‘pich bilan yana xoqonsiz,
Qulga aylanadi malika beshak,
Qolmayin desangiz iloj, imkonsiz,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

— Sizdan yaxshisi yo‘q, — desa bo‘ladi.
— Faqat sizni deya uradi yurak!
Shu zahot zilzila, bo‘ron tinadi.
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.

Minglab va’dalarga ishonmas hargiz,
U qatra mehrni mushtoq kutadi.
Osmondan oy olib berolmasangiz,
Mahkam bag‘ringizga bosing, yetadi!

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari