Rasmiy munosabat Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugu | Respublika muallimlari - rasmiy kanali
Rasmiy munosabat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.
Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.
📚Ushbu kanal faoliyati oʻqituvchilar uchun oʻz ijodiy ishlarini joylashtirish va oʻzaro fikr almashishga qaratilgan. 📑UUT-0152-sonli Davlat tomonidan berilgan litsenziya asosida . 📲Murojaa...