Get Mystery Box with random crypto!

#Kitob_haqida_maqollar Oltin yerdan, bilim esa kitoblardan | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

#Kitob_haqida_maqollar

Oltin yerdan, bilim esa kitoblardan qazib olinadi.
Do‘stni qanday tanlash kerak bo‘lsa, kitobni shunday tanlang.
Kitob ko‘rmagan kalla – giyoh unmagan dala.
Kitob – bu kichik deraza, u orqali butun dunyoni ko‘rish mumkin.
Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q.
Kitob – eng yaxshi sovg‘a!
Yaxshi kitob yulduzchadan ko‘ra yorqinroq porlaydi.
Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi.
Kitobsiz aql – qanotsiz qush.
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.
Kitob xazina, bilim boylik.

Kitob haqidagi maqollarni davom ettirish esa sizdan... Izohlarda o‘z fikrlaringizni yozib qoldiring.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site