Get Mystery Box with random crypto!

#Kitob_tavsiya Hammaga bir kunda 24 soat imkoniyat beriladi | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

#Kitob_tavsiya

Hammaga bir kunda 24 soat imkoniyat beriladi. Shu vaqtni qanday oʻtkazayotganingizni hech tahlil qilganmisiz?
Hayotda mana shu soatlardan unumli foydalana olgan insonlargina koʻproq muvaffaqiyatga erishishadi.

Piter Drukerni bejizga «Zamonaviy menejmentning otasi» deyishmaydi. Bunga uning «Har kuni Druker bilan» kitobini oʻqib amin boʻlishingiz mumkin.

Ushbu kitobda yilning 365 kuni maʼlum mavzularga bagʻishlangan boʻlib, sizga har kungi muhim eslatmalarni berib boradi. Kitobdagi har bir jumla Drukerning boshqa kitoblaridagi eng muhim taʼkidlarni oʻzida jamlagan.

Kunni aniq amaliy topshiriqlar bilan oʻtkazing. Bunda esa sizga kundalik shaklidagi ushbu kitob yordam beradi.

Hayotingiz yaxshi tomonga oʻzgarganini sezmay qolasiz ))

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site