Tanosub Sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga y | RESPUBLIKA FILOLOGLARI
Tanosub
Sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati.
Misol uchun quyidagi baytni keltirish mumkin:
Chaqilgʻoch barqi ishqi jovidoniy,
Yetishgach bir sharar kul aylar oni.
Barq (chaqmoq), sharar (uchqun), kul bir-biriga bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qiluvchi tushunchalar.
Undan oldindi baytda harorat, xas, oʻt soʻzlari kelgan edi. Yaʻni majoziy ishq oshiqni gʻamga soladi, ishq harorati uning tanini qovjiratib xashakka aylantiradi. Shunda ilohiy ishq chaqmogʻi chaqiladi-yu, undan tushgan uchqun oshiq tanini yondirib, kul qiladi. Bu yerdagi maʻnodosh soʻzlar oʻzining ichki tartibiga ham ega.
Yana boshqa misollar:
Zuljing cheriki jamol mulkin
Oldi koʻzung ittifoqi birla.
(Atoiy)
Uzun sochingdin uzmasmen koʻngulni,
Ayoqing qanda boʻlsa boshim anda. (Atoiy)
Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI