RESPUBLIKA FILOLOGLARI — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi respublika_filologlari — RESPUBLIKA FILOLOGLARI R
Telegram kanalining logotibi respublika_filologlari — RESPUBLIKA FILOLOGLARI
Kanal manzili: @respublika_filologlari
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 46.14K
Oʻxshash kanallar Taʼlim
Kanalning ta’rifi

👨‍💻Kanal Respublika filologlariga metodik yordam uchun tashkil qilindi. 📖 Kanalda ona tili va adabiyot, o'zbek tili fanidan ma'lumotlar, ta'limiy yangiliklar yoritiladi. Reklama xizmati: @Reklamaga_murojaat Adminka: @RF_ADMINKA

Kanal statistikasi
7.3% Faollik darajasi
3,356 Ko'rishlar / post
0 Postlar / kun

Oxirgi xabar

20 ноя 2025
8-sinf Ona tili darsligidagi audiolar uchun havolalar ro'yxati
1. Vatan. 1-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

2. Vatan (davomi) 2-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

3.Odamiylikning eng oliy mezoni. 3-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

4. Sun'iy tillar 4-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

5.Samolyot qachon yaratilgan. 5-raqamda .
https://qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

6. Kasb tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak? 6-raqamda
https://qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

7. Ona tulki. 7-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

8. Gilamdo'zlik tarixidan 8-raqamda qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

9. Umrni uzaytiradigan 4ta sport turi. 9-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

10. Vijdon kerakdir insonga.
10-raqamda.qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

11. Parvoz qilgan orzular 11-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

12.Takrorlash uchun topshiriqlar. 12-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

13. O'zbek tilining izohli lug'at 13-raqamda
qr.rtmuzedu.uz/8/ona_t/ozbek

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
11.6K viewsedited  13:19
Ochish/sharhlash
19 апр 2023
Ona tili |O`qituvchi kitobi (11-sinf)

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
841 views02:35
Ochish/sharhlash
19 апр 2023
Ona tili 6-sinf o‘qituvchi kitobi 2022

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
785 views02:31
Ochish/sharhlash
7 апр 2023
O‘qituvchi kitobi 7-sinf
Adabiyot 2022-yil

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
5.2K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
7 апр 2023
Ona tili 10-sinf o‘qituvchi kitobi 2022

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
5.5K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
27 мар 2023
6-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn

Miniatyura – mo‘jaz surat 177-bet

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
5.3K views15:40
Ochish/sharhlash
16 мар 2023
Tashbeh

Tashbeh san’ati unsurlari to‘rttadir:
1. Mushabbih(O'xshamish) – nima o‘xshatilgan bo‘lsa, o‘sha narsa yoki tushuncha.
2. Mushabbihun bih(O'xshatilmish) – nimaga o‘xshatilgan bo‘lsa, o‘sha narsa yoki tushuncha.
3. Vajhi shabih(Asos) – mushabbih bilan mushabbihun bih orasidagi munosabat.
4. Vositayi tashbih(Vosita) – o‘xshatilish belgisi.
Misol: Odamgarchiliging(1) saxovatda(3) otangniki(2) singari(4)dir.
Mutlaq tashbeh:
1. Qolibmu ekin bir aningdek kishi –
Ki, qilsam ruju’ anga mulk ishi?
Mazmuni: Shunday bir kishi qolibdimi, unga saltanat ishlarini topshirsam.

Tashbehi muqayyad:
2. Eshittimki, bir turfa barno edi,
Yuzi dilkash-u qaddi ra’no edi.

Kinoya tashbeh:
3. Kulub dedi sohibdil: ” Ey bulhavas,
Emasmu edi tajribang muncha bas? ”

Fazliddin O'taganov

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.5K viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
16 мар 2023
Tanosub 

Sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati.


Misol uchun quyidagi baytni keltirish mumkin:

Chaqilgʻoch barqi ishqi jovidoniy,
Yetishgach bir sharar kul aylar oni.

Barq (chaqmoq), sharar (uchqun), kul bir-biriga bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qiluvchi tushunchalar.
Undan oldindi baytda harorat, xas, oʻt soʻzlari kelgan edi. Yaʻni majoziy ishq oshiqni gʻamga soladi, ishq harorati uning tanini qovjiratib xashakka aylantiradi. Shunda ilohiy ishq chaqmogʻi chaqiladi-yu, undan tushgan uchqun oshiq tanini yondirib, kul qiladi. Bu yerdagi maʻnodosh soʻzlar oʻzining ichki tartibiga ham ega.

Yana boshqa misollar:

Zuljing cheriki jamol mulkin
Oldi koʻzung ittifoqi birla
.
(Atoiy)
                        

Uzun sochingdin uzmasmen koʻngulni,
Ayoqing qanda boʻlsa boshim anda.
(Atoiy)

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.3K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
27 фев 2023
6-sinf Ona tili "Peshtoqdagi bitiklar" hamda "Minorayi Kalon" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.

birgap

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
3.5K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
30 янв 2023
#audiomatn

Sinf: 7
Darslik: Ona tili
Mavzu: Elektromobil
Nom: Syurpriz
Bet: 115

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
5.2K views10:45
Ochish/sharhlash
12 дек 2022
7-sinf yangi o‘zbek tili darligi uchun metodik qo‘llanma

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.9K viewsedited  08:24
Ochish/sharhlash
12 дек 2022
10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

Tabobat.
Tabobat.

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
3.7K views04:31
Ochish/sharhlash
4 дек 2022
7-sinf Ona tili “Bobomning pensiyasi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.

birgap

Kanalimizga a'zo bo‘ling!
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.8K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
26 ноя 2022
#ona_vaqti

ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI
Egalik qo‘shimchasi
Kelishik qo‘shimchasi
Bog‘lama

Egalik shakllari: Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat,
harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi egalik qo‘shimchalari hisoblanadi
BIRLIK
KO‘PLIK

I shaxs
-m
-im
-miz
-imiz
II shaxs
-ng
-ing
-ngiz
-ingiz
III shaxs
-si
-i
-si
-(lar)i

Egalik qo‘shimchasini olgan so‘z o‘zidan oldingi so‘z tarkibida qaratqich
kelishigini talab qiladi.
Mening kitobim, sizning o‘quvchingiz

Egalik shaklidagi so‘z qaratqichning qaralmishi sanaladi va qarashlilikni ifodalaydi.
Ayrim so‘zlarda egalik qo‘shimchasi qarashlilikni ifodalamaydi.

1.Ravishlar tarkibida: kechasi, kunduzi
2.Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa, darslik nomlarida
Orol dengizi, Bobur bog‘i, Ozodlik xiyoboni, o‘qish kitobi, Farg‘ona viloyati
Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi egalik qo‘shimchalari hech qanday qarashlilik ma’nosini ifodalamaydi. Ular xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanilmaydi.

Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi.
Boqqaning ikki echki, O‘shqirganing yer tebratar.

Egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida quyidagi fonetik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin:

Tovush tushishi

shahar+i= shahri

Tovush almashinishi
qovoq+i=qovog‘i

Tovush ortishi:
parvo+im=parvoyim

Aynan bir kunni ifodalagan payt ravishlari egalik shaklini qabul qiladi.
Sentabrning ilk kechasi edi.

Ba’zan egalik qo‘shimchasi I-II shaxs ko‘pligida tushib qolishi mumkin.
Sizning ayvon, bizning ayvon emasmi

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
1.7K views16:59
Ochish/sharhlash
26 ноя 2022
OTLARNING LUG'AVIY SHAKLLARI

Otlarning Lug'aviy shakllari funksional(vazifa) shakllar deb ham yuritiladi.
Ularga quyidagilar kiradi

1. Kichraytirish shakllari
• -cha: uy+cha, qiz+cha, qalam+cha
• -choq: qo'zi+choq, toy+choq;
• -chak: kelin+chak, tugun+chak;
• -ak: yo'l+ak;
• -a: uy+a.

2. Erkalash shakllari (Subyektiv munosabat shakllari)
• -jon: uka+jon, oyi+jon, buvi+jon, Po'lat+jon;
• -xon: Aziz+xon, Halima+xon, uka+xon
• -oy: kelin+oy, Salima+oy;
• -loq: bo'ta+loq;
• -aloq: qiz+aloq;
• -gina: uka+gina+m, opa+gina+m, qiz+gina;
• -boy: Haydar+boy, Shuhrat+boy, Karim+boy;
• -bek: Salim+bek, Aizz+bek, Nodir+bek;
• -toy: Olim+toy, Avaz+toy;
• -voy: Muhammad+voy, Jamshid+voy.

3. O'xshatish-qiyoslash shakli
• -day: opang+day, inson+day, qush+day;
• -dek: gul+dek, suv+dek, Vatan+dek.

4. Chegara shakli
• -gacha: kuz+gacha, maktab+gacha;
• -qacha: qishloq+qacha, Ming buloq+qacha;
• -kacha: Ko'kterak+kacha, ko'rik+kacha.

5. Qarashlilik shakli
• -niki: amakim+niki, xalq+niki.

6. Ko'plik shakli
• -lar: odam+lar, stul+lar, qoya+lar, chiroq+lar, yaproq+lar.

Diqqat!!! Ko'plik qo'shimchasi -lar I shaxs va II shaxsda egalik shakllaridan keyin qo'llanib, III shaxsda esa egalik shaklidan oldin qo'llanib, hurmatlash ma'nosini ifodalaydi.
I shaxs hurmatlash: opa+m+lar keldilar.
I shaxs ko'plik: opa+lar+im keldilar.
II shax hurmat: opa+ng+lar keldilar.
II shaxs ko'plik: opa+lar+ing keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.

Opalari keldilar. Ushbu gapda qo'llangan -lar qo'shimchasining ma'nosini nutq vaziyatiga qarab ikki xil talqin qilish mumkin:
1. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon aya keldilar. (hurmatlash ma'nosi)
2. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon va Sabohat aya keldilar. (ko'plik ma'nosi
)



USHBU BERILGAN MA'LUMOTLARNI YOD OLING!!!

Manba
: Muxtasar grammatika (Jasur Usmonov, Omonjon Normurodov)

Kanalimizga obuna bo‘ling!
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
1.8K viewsedited  16:59
Ochish/sharhlash
21 ноя 2022
QISQACHA MA'LUMOT

gina, -kina, -qina qo‘shimchalari egalik shakllaridan oldin kelsa kichraytirish, kichkina so’zi bilan erkin almasha oladi.
Qizginam - o’rmondan qo’ziqorin termoqda.

➪ -gina, -kina, -qina qo‘shimchalari egalik shakllaridan keyin kelganda, ta’kid yuklamasi ma’nolarni namoyon etadi va faqat so’zi bilan erkin almasha oladi.
Qizimgina o’rmonda maymunjon terib kelmoqda.


➪ gina, -kina, -qina, -xon, -jon, -boy, -bek, -toy, -oy, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu ular subyektiv baho shakllarini ifodalaydi

10 - sinf ona tili darsligi


Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.2K views08:23
Ochish/sharhlash
21 ноя 2022
YODLASH UCHUN!!!

Subyektiv baho ifodalovchi qo'shimchalar:
✓ Kichraytirish shakllari: -choq, -chak, -cha, -kay, -(a)loq. Masalan, uycha, toychoq, kelinchak, bolakay, qizaloq, bo'taloq.

✓ Erkalash shakllari: -jon, -xon, -oy, -boy, -bek, -toy, -gina, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu. Masalan, ukajon, akaxon, Unsinoy, Odilboy, Jamshidbek, o'g'iltoy, qizginam, Sultonposhsha, Aborbibi, Zebinisa, Mehinbonu.

Eslatma: yuqoridagi qo'shimchalar so'zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda qo'llanadi.

@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
2.2K views08:22
Ochish/sharhlash
2 ноя 2022
Tinchlik eng bebaho ne’mat chunki tinchlik bo‘lsa halovatli elning har bir kuni fayzli tarovatli o‘tadi

Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari tartibi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Anonymous Quiz
15%
A) — , − , .
50%
B) − , , , .
30%
C) − , , .
5%
D) − , : , .
862 voters2.5K views15:37
Ochish/sharhlash
7 окт 2022
7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn (1-qism)

Maqsad bu ˗ harakat
Maqsad va harakat. 11-bet

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
3.6K viewsedited  02:30
Ochish/sharhlash
18 май 2022
Biz kelib ketguvchi....

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum, na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldig-u ketarmiz qayon

Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz, birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar

Umar Xayyom


Kanalga obuna bo‘lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
1.0K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

RESPUBLIKA FILOLOGLARI haqida tez-tez beriladigan savollar

RESPUBLIKA FILOLOGLARI — bu 46.14K obunachisi bor Telegram kanali. Ushbu sahifada kanal tavsifini, sharhlarni va batafsil statistikani ko'rishingiz mumkin.
Ushbu sahifadagi "Kanalga o'tish" tugmasini bosing yoki Telegram ilovasida @respublika_filologlari deb qidiring. Shuningdek, kanal username'ini nusxalab, Telegram qidiruv satriga joylashtirishingiz mumkin.
Ha, RESPUBLIKA FILOLOGLARI — bepul Telegram kanali. Hech qanday to'lovsiz obuna bo'lib, barcha postlarni o'qishingiz mumkin.
RESPUBLIKA FILOLOGLARI kanalida hozirda 46.14K obunachi bor. Obunchilar soni muntazam yangilanib turadi.
RESPUBLIKA FILOLOGLARI asosan Oʻzbek tili tilida kontent e'lon qiladi. Kanalning o'zini ushbu sahifadagi havola orqali Telegram'da ochishingiz mumkin.
Ha, pastdagi "O'xshash kanallar" bo'limida o'xshash Taʼlim kanallarni topishingiz mumkin. Biz shuningdek tegishli Telegram guruhlari, botlari va stikerlarini ko'rsatamiz.
Obuna bo'lmasdan ham ushbu sahifada RESPUBLIKA FILOLOGLARI kanalining tavsifi, obunachilar soni, sharhlar va statistikasini ko'rishingiz mumkin. Xabarlarning o'zi esa Telegram'da qoladi — ularni sahifadagi havola orqali o'qiysiz.
RESPUBLIKA FILOLOGLA... avatar
RESPUBLIKA FILOLOGLA... @respublika_filologlari
Telegram'da ochish