#ona_vaqti ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Egalik qo‘shimch | RESPUBLIKA FILOLOGLARI

#ona_vaqti

ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI
Egalik qo‘shimchasi
Kelishik qo‘shimchasi
Bog‘lama

Egalik shakllari: Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat,
harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi egalik qo‘shimchalari hisoblanadi
BIRLIK
KO‘PLIK

I shaxs
-m
-im
-miz
-imiz
II shaxs
-ng
-ing
-ngiz
-ingiz
III shaxs
-si
-i
-si
-(lar)i

Egalik qo‘shimchasini olgan so‘z o‘zidan oldingi so‘z tarkibida qaratqich
kelishigini talab qiladi.
Mening kitobim, sizning o‘quvchingiz

Egalik shaklidagi so‘z qaratqichning qaralmishi sanaladi va qarashlilikni ifodalaydi.
Ayrim so‘zlarda egalik qo‘shimchasi qarashlilikni ifodalamaydi.

1.Ravishlar tarkibida: kechasi, kunduzi
2.Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa, darslik nomlarida
Orol dengizi, Bobur bog‘i, Ozodlik xiyoboni, o‘qish kitobi, Farg‘ona viloyati
Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi egalik qo‘shimchalari hech qanday qarashlilik ma’nosini ifodalamaydi. Ular xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanilmaydi.

Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi.
Boqqaning ikki echki, O‘shqirganing yer tebratar.

Egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida quyidagi fonetik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin:

Tovush tushishi

shahar+i= shahri

Tovush almashinishi
qovoq+i=qovog‘i

Tovush ortishi:
parvo+im=parvoyim

Aynan bir kunni ifodalagan payt ravishlari egalik shaklini qabul qiladi.
Sentabrning ilk kechasi edi.

Ba’zan egalik qo‘shimchasi I-II shaxs ko‘pligida tushib qolishi mumkin.
Sizning ayvon, bizning ayvon emasmi

Kanalga obuna bo'lish:
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
RESPUBLIKA FILOLOGLARI

RESPUBLIKA FILOLOGLARI

@respublika_filologlari
46.14K Obunachilar
Taʼlim Toifa
👨‍💻Kanal Respublika filologlariga metodik yordam uchun tashkil qilindi. 📖 Kanalda ona tili va adabiyot, o'zbek tili fanidan ma'lumotlar, ta'limiy y...