OTLARNING LUG'AVIY SHAKLLARI Otlarning Lug'aviy shakllari fun | RESPUBLIKA FILOLOGLARI
OTLARNING LUG'AVIY SHAKLLARI
Otlarning Lug'aviy shakllari funksional(vazifa) shakllar deb ham yuritiladi.
Ularga quyidagilar kiradi
1. Kichraytirish shakllari
• -cha: uy+cha, qiz+cha, qalam+cha
• -choq: qo'zi+choq, toy+choq;
• -chak: kelin+chak, tugun+chak;
• -ak: yo'l+ak;
• -a: uy+a.
2. Erkalash shakllari (Subyektiv munosabat shakllari)
• -jon: uka+jon, oyi+jon, buvi+jon, Po'lat+jon;
• -xon: Aziz+xon, Halima+xon, uka+xon
• -oy: kelin+oy, Salima+oy;
• -loq: bo'ta+loq;
• -aloq: qiz+aloq;
• -gina: uka+gina+m, opa+gina+m, qiz+gina;
• -boy: Haydar+boy, Shuhrat+boy, Karim+boy;
• -bek: Salim+bek, Aizz+bek, Nodir+bek;
• -toy: Olim+toy, Avaz+toy;
• -voy: Muhammad+voy, Jamshid+voy.
3. O'xshatish-qiyoslash shakli
• -day: opang+day, inson+day, qush+day;
• -dek: gul+dek, suv+dek, Vatan+dek.
4. Chegara shakli
• -gacha: kuz+gacha, maktab+gacha;
• -qacha: qishloq+qacha, Ming buloq+qacha;
• -kacha: Ko'kterak+kacha, ko'rik+kacha.
5. Qarashlilik shakli
• -niki: amakim+niki, xalq+niki.
6. Ko'plik shakli
• -lar: odam+lar, stul+lar, qoya+lar, chiroq+lar, yaproq+lar.
Diqqat!!! Ko'plik qo'shimchasi -lar I shaxs va II shaxsda egalik shakllaridan keyin qo'llanib, III shaxsda esa egalik shaklidan oldin qo'llanib, hurmatlash ma'nosini ifodalaydi.
I shaxs hurmatlash: opa+m+lar keldilar.
I shaxs ko'plik: opa+lar+im keldilar.
II shax hurmat: opa+ng+lar keldilar.
II shaxs ko'plik: opa+lar+ing keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.
Opalari keldilar. Ushbu gapda qo'llangan -lar qo'shimchasining ma'nosini nutq vaziyatiga qarab ikki xil talqin qilish mumkin:
1. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon aya keldilar. (hurmatlash ma'nosi)
2. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon va Sabohat aya keldilar. (ko'plik ma'nosi)
USHBU BERILGAN MA'LUMOTLARNI YOD OLING!!!
Manba: Muxtasar grammatika (Jasur Usmonov, Omonjon Normurodov)
Kanalimizga obuna bo‘ling!
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI