Get Mystery Box with random crypto!

Xona harorati -4C, xonadagi muz o`z holatida turibdi. -3C ga | ReadClub_uz | Birga kitob o`qiymiz!

Xona harorati -4C, xonadagi muz o`z holatida turibdi.
-3C ga tushdi, -2C ga, -1C ga tushdi xech qanday o`zgarish yo`q.
0C da esa erishni boshladi.

Hayotimizda ham shunday, biror bir maqsadga erishishimiz ma`lum bir darajaga yetishimizga bog`liq va bu oldingi qadamlar ahamiyatsiz degani emas.

Masalan, til o`rganishni boshladingiz, 3-4 oy, keling 1 yil vaqt ketqizdingiz lekin haliyam zo`rg`a gapirasiz. Bundan ko`pchilik tushkunlikka tushadi va odatlarini tark etadi.

Lekin, muz mo`jizaviy 0C da erigandek, sizning ham maqsadingiz ma`lum bir darajaga yetganda namoyon bo`ladi. Balki 1 yilda emas, keyingi yil yaxshi gapirishni boshlarsiz, balki yo`lning yarminidan ko`pini bosib o`tib tashlab ketayotgandirsiz?

Harakatlaringiz xech qayerga yo`qolayotgani yo`q, sizga bilinmasa ham xar safar sizni maqsadingizga yaqinroq olib borayapti.
#Atomic_Habits