Get Mystery Box with random crypto!

Xavfsizlik kamarini taqish haydovchiga nisbatan “hurmatsizlikm | ReadClub_uz | Birga kitob o`qiymiz!

Xavfsizlik kamarini taqish haydovchiga nisbatan “hurmatsizlikmi”?


Amerikada 1950-yillarda mashinalar soni bilan birga avariyalar soni ham oshib ketdi. Solishtirish uchun, 21-asrda yarim milliard aholisi bor Amerika va 19-asrdagi Amerikada avtohalokat tufayli bir xil miqdordagi odam o’lardi.

Buni oldini olish uchun ekonomist McNarmaga ilmiy tadqiqot olib borish ishi topshirildi, u barcha statistikani o'rganib chiqib odamlar eng ko’p qattiq yuzaga urilishdan o’lishini aniqladi. Agar salon ichini yumshoq qilsak, maxsus yostiqlar o’rnatsak bu xavf kamayadi degan fikrga keldi.

Lekin salon ichini yumshoq qilishga mablag’ sarflagandan ko’ra, o’sha qattiq joyga urilishni oldini olish osonroq emasmi deb uylab qoldi va samolyotlardagi kabi xavfsizlik kamarlarini mashinalarga ham o’rnatish fikriga keldi.

Lekin odamlarning xulq atvorini o’zgartirish xavfsizlik kamarini o’ylab topishdan ham qiyin bo’ldi.

Agar 50-yillarda siz xavfsizlik kamari taqsangiz haydovchiga ishonmaganligingizni bildirar va bu “hurmatsizlik” deb qaralardi.

Tushuntirishlar olib borish natijasida bu ko’rsatkich 60-yillarda 11% ga ko’tarildi. Hozirda 80% aholi jarimalardan qo’rqib yoki o’z sog’lig’i uchun xavfsizlik kamaridan foydalanadi va bu orqali 70% o’lim xavfi oldi olingan. Freakonomics