Get Mystery Box with random crypto!

Raykhon's books📚

Telegram kanalining logotibi raykhona_literature — Raykhon's books📚 R
Telegram kanalining logotibi raykhona_literature — Raykhon's books📚
Kanal manzili: @raykhona_literature
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 84
Kanalning ta’rifi

Oddiy bir qizning vertual kutubxonasi.
Bu yerda:
📚Hayotiy mulohazalar
📖Kitoblar va ulardan xulosalar
📑Kitoblarga taqriz
🤍Qalb kechinmalari
⌨Va biroz tanqid)
©Qarashlarim!
Hamma zamonlarda bo'lgani kabi kitob- najot!

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 20:52:52 5.01.2023-12.01.2023 ushbu hafta kitobi O'lmas Umarbekovning "Sevgim, sevgilim" qissasi.

Barchaga maroqli mutolaa!

Asar muhokamasi 12-yanvar kuni ovozli chat orqali @kitobsevar1ar guruhida bo'lib o'tadi.

T.me/Raykhona_literature
46 viewsRayhona, edited  17:52
Ochish/sharhlash
2023-01-02 17:32:46 Xayrli kech, kitobxoʻrlar!
Esinggizda boʻlsa «1 haftada 1 kitob» shiori ostida loyiha tashkil qilgandik.
Oʻsha loyihamiz davom etadi.
Bu loyiha davomida:
– Mutolaa qilishni muntazam ravishda odat qilishinggiz;
– Shaxsiy rivojlanishinggiz,
– Kitob oʻqish va jamoa bilan birgalikda tahlil qilishni oʻrganishinggiz;
– Shaxsiy rivojlanishga doir turli xil masterclasslar olishinggiz;
– Turli xil challenjlar, tanlovlarga qatnashishinggiz, yordam olishinggiz,
-Eng muhimi chiroyli atmosfera va va ajoyib kitobxoʻrlar bilan bir jamoada boʻlishinggiz mumkin boʻladi.

Loyiha oʻsha qadrdon guruhimiz @Kitobsevar1ar'da boʻlib oʻtadi.
Barchanggizni kutib qolamiz, aziz kitobxoʻrlar
94 viewsRayhona, 14:32
Ochish/sharhlash
2023-01-02 17:11:22 https://t.me/mmehrligim

Yommmonam kreativ qizchada shu Rakhmonova
151 viewsRayhona, edited  14:11
Ochish/sharhlash
2023-01-02 17:10:17 Rayxonoybibi- Rayhona deyman. Mendan ham o'tadigan kitobxo‘r qiz. Samimiy ajoyib qizaloq. Kitob bo‘lsa bo‘ldi bu qizga aqlli qiz Hikoyachilar guruhimiz a'zosi

https://t.me/Raykhona_literature shaxsiy kanallari
59 viewsRayhona, 14:10
Ochish/sharhlash
2023-01-01 18:46:08 Mehr – sovuqda yelkangga tashlangan issiq roʻmol...
65 viewsRayhona, 15:46
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:19:19 Bir yil...
Shu bir yilda koʻp narsa topdim, yoʻqotdim.
Taqdir turtdi, erkaladi.
Koʻpchilikning yuzini koʻrdim. Koʻpchilik yuzimni koʻrdi.
Umrimning 1 yili shovqinli dunyoda, shamoldek oʻtib ketdi.
Koʻp narsaga ulgurmadim.
Juda koʻp kitoblar o'qilmay qoldi. Umrim esa oʻtib ketyapti...
Juda koʻp ilmlarni olishga tinmay harakat qildim, qilyapman.
Ammo vaqt meni ayamadi, ayamayapti.
Olib ketyapti borlarini... Olib ketyapti qadrlilarini...
Oʻzimni kitoblarga urdim. Oʻzimni sheʼrlarga urdim.

1 yillik umrim shuni oʻrgatdiki, senga yaqinlaringchalik hech kim yaqin boʻla olmaydi.
Otang, onang va tananggina senga doʻst.
Sen juda qadrli deb oʻylagan narsalaring aslida shamolning bitta shitirichalik arzon va arzimas.

Jahlim chiqib, oʻzimni boshqara olmay, dunyoda mendan zoʻri yoʻq deb oʻylab qolsam, qabristonning yonidan oʻtadigan odat chiqardim.
Bu dunyoda hammamizni boradigan joyimiz bittaligini angladim.
Tez-tez odamlar bilan uzoooq suhbat quradigan odat chiqardim.

Inson hamma narsaga toʻyarkan, toza havodan boshqa, albatta.
Hamma narsadan toʻyib ketganimda toʻyib-toʻyib nafas oldim.
Hozircha tekin va beminnat.
Yil tugadi, yil boshidagi oldimga qo'ygan rejalarimning  baʼzilari bajarildi, baʼzilarini oʻrnini navbatdan tashqaridagi ishlar egalladi.

Oʻzimdan «madaniyatli», «kuchli», «sabrli», «band» va «tarbiyali» odamni yasab oldim.
Asl muammolar qolib, ortiqcha ishlar bilan boshimni qotirdim. Koʻp kuyundim. Har kuni, har lahza boʻlayotgan voqealardan ezildim.
Davralardan qochdim, yigʻinlarni tark etdim. Yolgʻiz yurdim, yolgʻiz sayr qildim.
Kimdirlar uchun yaxshi doʻst, yaxshi maslahatchi boʻlolgandirman, ammo yaxshi talaba, yaxshi farzand va eng muhimi oʻzim uchun yaxshi «Men» boʻlolmadim.
Oʻzimning ilmsiz, anchagina tajribasiz va qoʻlimdan hech narsa kelmasligini angladim.
Shu kamchilik va nuqsonlar bilan ham 2022-yil men uchun qadrli!

2022- yil!!!

Boshqalar uchun yomon boʻlishing mumkin, menga emas.
Kitob o'qidim. 40 dan ortiq hikoya, esse, novella oʻqidim. 5 dan ortiq sheʼriy kitoblarga gʻarq boʻldim.
Xattotlikka, turk tiliga, arab tiliga mehrim yana-da oshdi.
Ajoyib doʻstlar, tanishlar orttirdim. Kanalim sabab koʻpgina ajoyib insonlar bilan tanishdim, doʻstlashdim.
Ilm uchun ehson markazi, undagi insonlar qalbimdan boshqacha oʻrin egalladi.
Men uchun yaxshi yilsan 2022.
Seni hayotimda qoldirgan chandiqlaring, ogʻriqlaring bilan sevaman.

2023 !
Bilmadim, qanday yil boʻlasan?!
Bilmadim, senda nimalar boʻladi?!
Bilmadim, qancha kitoblar keladi?!
Biladiganim, senda hammasi yaxshi boʻladi, nasib ...

T.me/Raykhona_literature
68 viewsRayhona, edited  18:19
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:44:10
#Mood

Oʻrtoqlar

Yangı yıl kırıb kelishini xoh nishonlanglar, xoh nishonlamanglar....
Biz xohlaymizmi yoki yoʻqmi milodiy hisob boʻyicha 2022-yil tugab 2023-yil kırıb keladi.
Koʻpchilik kanallarda negativ fikrlar yozildi, ammo negadir buni men xohlamadim, chunki nima boʻlganda ham, har bir nafasim, har bir kunim, tongim, kechim uchun Alhamdulillah.

T.me/Raykhona_literature
65 viewsRayhona, 14:44
Ochish/sharhlash
2022-12-31 05:42:01 #Xayr_2022_yil

Sen oʻzing bilan bir qancha xotiralarni ham olib ketyapsan...
Baʼzilar oramizdan abadiy rihlat qildilar va endi ular bu dunyoga qaytmaydilar...
Baʼzi narsalarni yoʻqotdik, baʼzi narsalarni topdik;
Ulgʻaydik... Oʻrgandik... Rivojlandik... Qaridik... Unutdik... Pastladik... Toʻldik... Toʻkildik... Yigʻladik... Kuldik...
Xursandchilik onlarini ham, mahzunlik onlarini ham boshdan oʻtkazdik...
Ortda shunday kunlar, shunday lahzalar qolyapti-ki, buni hech qachon unutmaymiz.
Zamonlar egasidan shuni soʻrab qolamiz-ki, umrimizning qolgan qismlarini xayrli qilsin.

@Raykhona_literature ochilganiga hali 3 yil boʻlmadi, ammo u bilan qirq yuzi ellik yillik xotiram bordek..
U ko‘z o‘ngimda ulg‘aydi, men uning ko‘zida o‘zgardim. Ko‘p kunlarni ko‘rdik. Undan kechmoqchi ham bo‘ldim. Arazladim ham ba'zan, ammo u baribir alohida bo‘laverdi.
U sabab ko‘p voqealar bo‘ldi, ko‘p karvonlar o‘tdi, koʻp kitoblar oʻqidik... Hatto hozir ijtimoiy tarmoqlarga ham u sabab kiraman, xolos.
Shu kichkina blogim sabab baxtni tuydim. Unga dardimni aytdim.
Baʼzan #kimdir dedim, faqat u bildi. Baʼzan #nimadir dedim, faqat u tushundi.

@Raykhona_literature'm Senla yaxshi o‘tgan kunlarga shukr!
Sen sabab men yaqin bo‘lolganlarimni boriga shukr!
Barchangizga biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat)

Alloh bizni kitoblarga muhabbatli qilib qoʻydi. Mana shu kitobga boʻlgan muhabbatimiz ham, kitoblarimiz  ham eng katta neʼmat aslida. Shunday goʻzal neʼmatlar bilan siylagan Allohga hamd!

Kitoblarni sevmay boʻladimi?! Axir, ularda-ku haqiqiy tugʻular

Ana shunaqa)

T.me/Raykhona_literature
62 viewsRayhona, 02:42
Ochish/sharhlash
2022-12-31 05:08:45 2022-yil sarhisobi.
Bu yil kim qancha kitob o'qidi? Botdan ro'yxatlarni uzatishingiz mumkin.
Men o'zimdan kelib chiqib sanayman.
Demak:

1. «Bu ummatning qizi» – Nuriddin Yildiz;
2. «Jinoyat va jazo» – Fyodor Dostoyevskiy (+taqriz);
3. «Tirik qolish buyurilgan» – Yulian Semyonov (+taqriz);
4. «Men, buvim, Iliko va Illarion» – Nodar Dumbadze;
4. «Morrining seshanba darslari» – Mich Elbom (+taqriz);
5. «Nasroniy atirguli» – Omina Shenliko'g'lu (+taqriz);
6. «Iztirob» – Rashod Nuri Guntekin (+taqriz);
7. «Alif» – Paulo Koelo (+taqriz);
8. «Qalblar tizgini» - Doktor Oiz Qarniy;
9. «Iymon va huzun» – Said Chamlija;
10. «Marjon shodasi» (hikoya) – Mopassan;
11. «Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar» – Dastoyevskiy;
12. «Ishqqa yengilmayman» – Omina Shenliko'g'li;
13. «Peshonamdagi nur» – Mahmud Olaqosh (+taqriz);
14. «Bir vijdon uyg'onur» – Ahmad Lutfiy (+taqriz);
15. «Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar» – Mirach Chag'ri Oqtosh;
16. «Oshiq ham bo'lmaylikmi?» – Usmon Sungur;
17. «Ohing Allohga omonat» – Nabi Yildiz;
18. «Chunki sen borsan Alloh» – Ali ibn Jobir al-Fayfiy;
19. «Dor ostidagi odam» – Amina Shenliko'g'lu;
20. «Eng muhimi» – Eliza K. (Adiohikoya);
21. «Qahva» – Eliza K. (Audiohikoya);
22. «Uch ogʻayni» – (Remark) asari yakunigayetmagan;
23. «Oʻzini qidirgan odam» – audio mutolaada.

(Alloh barchamizni ilmimizni ziyoda, iymonimizni mustahkam, olayotgan ilmimizga amal qiluvchilardan qilsin!)
Sarhisobni botda kutaman)

T.me/Raykhona_literature
59 viewsRayhona, edited  02:08
Ochish/sharhlash