Get Mystery Box with random crypto!

#Xayr_2022_yil Sen oʻzing bilan bir qancha xotiralarni ham ol | Raykhon's books📚

#Xayr_2022_yil

Sen oʻzing bilan bir qancha xotiralarni ham olib ketyapsan...
Baʼzilar oramizdan abadiy rihlat qildilar va endi ular bu dunyoga qaytmaydilar...
Baʼzi narsalarni yoʻqotdik, baʼzi narsalarni topdik;
Ulgʻaydik... Oʻrgandik... Rivojlandik... Qaridik... Unutdik... Pastladik... Toʻldik... Toʻkildik... Yigʻladik... Kuldik...
Xursandchilik onlarini ham, mahzunlik onlarini ham boshdan oʻtkazdik...
Ortda shunday kunlar, shunday lahzalar qolyapti-ki, buni hech qachon unutmaymiz.
Zamonlar egasidan shuni soʻrab qolamiz-ki, umrimizning qolgan qismlarini xayrli qilsin.

@Raykhona_literature ochilganiga hali 3 yil boʻlmadi, ammo u bilan qirq yuzi ellik yillik xotiram bordek..
U ko‘z o‘ngimda ulg‘aydi, men uning ko‘zida o‘zgardim. Ko‘p kunlarni ko‘rdik. Undan kechmoqchi ham bo‘ldim. Arazladim ham ba'zan, ammo u baribir alohida bo‘laverdi.
U sabab ko‘p voqealar bo‘ldi, ko‘p karvonlar o‘tdi, koʻp kitoblar oʻqidik... Hatto hozir ijtimoiy tarmoqlarga ham u sabab kiraman, xolos.
Shu kichkina blogim sabab baxtni tuydim. Unga dardimni aytdim.
Baʼzan #kimdir dedim, faqat u bildi. Baʼzan #nimadir dedim, faqat u tushundi.

@Raykhona_literature'm Senla yaxshi o‘tgan kunlarga shukr!
Sen sabab men yaqin bo‘lolganlarimni boriga shukr!
Barchangizga biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat)

Alloh bizni kitoblarga muhabbatli qilib qoʻydi. Mana shu kitobga boʻlgan muhabbatimiz ham, kitoblarimiz  ham eng katta neʼmat aslida. Shunday goʻzal neʼmatlar bilan siylagan Allohga hamd!

Kitoblarni sevmay boʻladimi?! Axir, ularda-ku haqiqiy tugʻular

Ana shunaqa)

T.me/Raykhona_literature