Get Mystery Box with random crypto!

Rassomlar

Telegram kanalining logotibi rassomlar — Rassomlar R
Telegram kanalining logotibi rassomlar — Rassomlar
Kanal manzili: @rassomlar
Toifalar: Sanʼat , Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.58K
Kanalning ta’rifi

Санъатшунослик

Instagram: instagram.com/rassomlar_uz
Facebook: facebook.me/rassomlar
Twitter: twitter.com/rassomlar
Кино👉 @moodvintage

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-21 19:56:32
3.2K views16:56
Ochish/sharhlash
2021-02-11 19:30:29
Rassomning betakror asarlaridan namunalar.

@Rassomlar
2.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-11 19:28:49Dimitriy Sevryukov Vladimirovich

D. Sevryukov realist rassom. Rassom 1969-yil 5-iyunda Belorrusiyaning Borisov shahrida tugʻilgan. Rassomni yoshligidanoq ranglar, moʻyqalamlar va xolstlar oʻziga tortgan. Bundan shuni anglash mumkinki, rassomda tasviriy sanʼatga qiziqish bolalikdan boshlangan. Har xil yoʻnalishda ijod qilgan rassomlar ishlarini oʻrgangan va ularni bir-biriga solishtirib, bilim va koʻnikmalarini oshirib borgan. 17 yoshida Anatoliy Bezbatka rassomchilik ustaxonasida tahsil olgan. 5 yil Kiyev Sanʼat Akademiyasida oʼqishini davom ettirgan.

1994-yil D. Sevryukovning shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Bu koʻrgazma Sevryukov hayotidagi xalqaro koʻrgazmalar, festivallarga yoʻl ochib bergan birinchi koʻrgazmasidir.

2012-yil rassom Gʻarbiy Yevropa va Amerikaning koʻrgazmalar galereyalarida muvaffaqiyatga erishadi.

2012-yil D. Sevriyukov «The Artistʼs Magazine Annual Art Competition» tanlovining finalchisi boʻladi.
Shu yilning iyul oyida D. Sevryukovni Xalqaro miqiyosda tan olishadi.

Fine Art World xalqaro sanʼat tanlovi boʻyicha D. Sevryukov oʻz janri boʻyicha «Oy Rassomi'» deb tan olinadi, undan tashqari Art Living Master kategoriyasi beriladi va Art Renewal Center uyushmasi aʼzosiga aylanadi. Rassomning yuzdan ortiq asarlarini dunyo tan olgan.

Rassom shuncha yutuqlarga erishganiga qaramasdan oʻzini «sanʼat yutuqlari yoʻlida» hisoblaydi.

Rassom asosan natyurmort janrida ijod qiladi. Asarlarini tomosha qilar ekansiz, asardagi ranglar, shakllar sizni oʻziga rom qiladi va asar goʻzalligidan zavq olasiz.

@Rassomlar
2.1K views16:28
Ochish/sharhlash
2021-02-11 14:49:28
​​Luminizm Bu haqda biron ma'lumot o‘qishingizdan oldin, shuni eslatib o‘tmoqchimanki, luminizm bu - impressionizm emas. Aksincha, u impressionzmdan oldinroq paydo bo‘lgan. Ammo yorug'lik effektlariga alohida e'tibor berib ishlanishi jihatidan bir-biriga…
2.0K views11:49
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:43:07 @notakafe
2.3K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:43:04
Рингтон Nokia

Рингтон Nokia tune основан на мелодии гитарного произведения «Grand Vals», написанного испанским музыкантом и композитором Франсиско Таррега.

Как это было: Таррега написал несколько десятков произведений для шестиструнной гитары, «Grand Vals» не был самым популярным. Но права именно на эту мелодию в 1993 году купила Nokia и сделала его мотив основным рингтоном для своих мобильных.

Впервые рингтон появился в 1994 году в серии телефонов Nokia 2100 и изначально носил название музыкального произведения, но получил имя Nokia tune в 1998 году, когда стал прочно ассоциироваться с телефонами Nokia.

Рингтон звучит в ней на 12-й секунде.
2.1K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:05:29
To‘sattan hayolimga kelib qoldi. Post yozishga vaqt yo‘qligida bu ham bir post-da

Qo‘llar...

Hullas, galereyamda bor kartinalardan fragment qirqib oldim. Rassomlar va asarlar nomini yozib o‘tirmayman. Shunchaki, qo‘llar...

@Rassomlar
2.0K views14:05
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:05:24
1.9K views14:05
Ochish/sharhlash
2021-01-23 18:01:47 ​​Yaponizm

So‘ngi postlarda ulashayotgan "-izm"lar bilan bezdirib qo‘ymayapmizmi, do‘stlar?

Luminizmdan so‘ng bu mavzuga ham ozroq to‘xtalib o‘tsak, degandim. Demak, yaponizm! Qisqacha aytganda, bu - XIX asrga kelib G'arbiy Yevropa san'atiga sharqshunoslikning kirib kelishi bilan paydo bo‘lgan uslubdir. Bu davrda shundoq ham o‘z yo‘nalishlarida ancha tanilib qolgan rassomlar uslublariga yangilik kiritishni istab qolishadi. Bunga sabab Yaponiya san'ati estetika, mavzular, motivlar, texnika va ranglarga bo‘lgan munosabat jihatidan o‘zgacha dunyo edi. Yana ham aniqlashtirilsa, yangilik edi. Chunki Yaponiya bu davrgacha tashqi dunyo uchun yopiq edi. Hullas, bu yog‘i tarix, gap ko‘p. O‘qiganlar biladi, menimcha, sabablarini. Bu yo‘nalishda ajoyib asarlar yaratgan rassomlardan biri sifatida Eduard Maneni misol keltirish mumkin. Yoki Klod Mone. Ikkisida ham ajoyib asarlarni uchraydi. Post-impressionistlardan esa Pol Gogen va Vinsent van Gogni aytish mumkin.

1855 yilga kelib tashqi dunyo uchun ochilgan Yaponiya ko‘plab san'at asarlarini Yevropa va boshqa davlatlarga eksport qila boshladi. O‘z-o‘zidan anchagina muxlislar ham ortirib oldi. 1851 yilgi London, 1867 yilgi Parij Butunjahon ko'rgazmalari davomida yapon rang tasvir va turli xil hunarmandchilik ishlari (chinni, kimono, panoramali illustratsiyalar, lak buyumlari) namoyish etildi.

Agar Klod Mone 1883 yilga kelib o‘z bog‘ida yaponcha ko‘prik qurgan va bir necha asarlar yaratgan bo‘lsa, undan farqli Van Gog bu yo‘nalishda ancha asar yaratgan. Xususan, Van Gog uchta yapon rangli bosma illustratsiyasidan ko‘chirma ishlagan. Bundan tashqari, uslubga qo‘li kelishib qolgan rassom bir nechda yog‘li kartinalar ham yaratadi. Bundan tashqari, u Xokusayning 15 tomlik eskizlar to‘plamini o‘rganib chiqqan va buni amalda o‘zing "nuqta-chiziq" texnikasiga qayta ishlab chiqqan. Ushbu asarlar orqali rassomning yapon san'ati sirlarini o'rganishga intilishi kuchli bo‘lganini sezish qiyin emas.

Buyuk Britaniyada ham bu yo‘nalish namoyondalarini uchratish mumkin. Masalan, o‘sha vaqtda Angiliyada yashab ijod qilgan amerikalik rassom Jeyms Vistler. Uning 1876-1877 yillarda yaratgan "Tovus xonasi" nafaqat mualliflarga xos bo'lgan estetikaning yorqin namunalaridan biri, balki G'arbiy Yevropa va Amerika san'atidagi yaponizmning eng yaxshi namunalaridan biri bo'lib, zamonaviy san'at estetikasidan xabar beradi.

Yaponizm nafaqat rang tasvirga, balki ularning kimonolari modaga, dekoratsiyalari teatr sahna bezaklari, uylar interyerlariga kirib bordi. Taniqli dekoratorlardan bo‘lgan Gustav Klimt yaponlarning dekorativ-mavhum naqshlarini o‘zi yaratgan ishlarda qayta kashf qildi.

Hozirda yaponizmni biz qadamda uchratishimiz mumkin. Ayniqsa, ularning takomillashgan minimalistik interyer uy loyihalari o‘zgachaligi bilan ajralib turadi.
Aytgancha, asarlarni oldingidek pastgi havoladan ko‘rishingiz mumkin. To‘g‘risi, ular juda ko‘p. Tanlashga erindim .

Quyida ilova qilinayotgan asar:
"Madam Mone yapon kimonosida"
Klod Mone
1875 y.

@Rassomlar
2.6K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-19 15:51:22 ​​Luminizm

Bu haqda biron ma'lumot o‘qishingizdan oldin, shuni eslatib o‘tmoqchimanki, luminizm bu - impressionizm emas. Aksincha, u impressionzmdan oldinroq paydo bo‘lgan. Ammo yorug'lik effektlariga alohida e'tibor berib ishlanishi jihatidan bir-biriga o‘xshab ketadi. Ya'ni bu yo‘nalish ichidagi yo‘nalish bo‘lib, luminizmga, biz, har qanday boshqa yo‘nalish ichida duch kelishimiz mumkin ekan. Masalan, men, internet manbalarini ko‘zdan kechirar ekanman, barbizonda ham, realizmda ham, ayniqsa, romantizm yo‘nalishida ko‘proq duch keldim. Impressionizmda esa, hammaga ma'lumki, nur va yorug‘lik tasviri yangi bosqichga ko‘tarildi. Ammo, bu bilan luministlar impressionistlar asoschisi ekan-da, degan xulosaga borish xato. Ular hech qanday tarzda impressionizmga ta'sir qilmaganlar.

Luminizm, ko‘proq post-impressionizm tendentsiyalariga to‘g‘ri tushadi, unda yorug'lik effektlarini namoyish etishga alohida e'tibor beriladi. Ushbu harakatning asosiy vakillaridan biri bo‘lgan belgiyalik rassom Emil Klaus, shuningdek uning shogirdlari Gustav de Smet, Fritz van den Berge, Jenni Montigny, Jorj Morrain, Anne de Vert, Konstant Permeke va boshqalarni ijodida yaqqol ko‘rish mumkin bu yo‘nalishdagi asarlarni. Gollandlar ham o‘z xissalarini qo‘shishgan. Xususan, Yan Torop, Yan Slyayters, Leo Gestel va Piet Mondrianlarning dastlabki punktualistik asarlarida ko‘rish mumkin luminizmni, masalan.

Ko‘pchilik belgiyalik luminist rassomlarning ishlari fransuz impressionistlariga, jumladan, Klod Mone kartinalariga juda yaqin, deb hisoblaydi, o‘z navbatida bu qarash impressionistik kartinalarni golland fovistlaridan bo‘lgan Anri Matiss, Mauris de Vlamink, Andre Derain ishlariga ham yaqinlashtiradi yoki tenglashtiradi.

Agar biz Yevropadan okeanortiga sayohat qilsak, XIX asrda, AQSh tasviriy san'atida, aynan, luminizm deb nomlangan badiiy harakat mavjud bo‘lganini bilib olamiz. Ushbu harakat a'zolari sifatida Albert Birshtadt, Martin-Jonson Xed, Jon Frederik Kensett, Devid Jonson, Frederik Edven Chyorch'larni misol keltirish mumkin.

Keling, bunday qilamiz, bu yo‘nalishda asarlar juda ko‘p. Men tanlay olmadim, to‘g‘risi. Shuning uchun pastda havola qoldiraman. O‘zingiz tamosha qilib olaverasiz, kelishdikmi?))

Quyida ilova qilingan asar:
"Quyoshli kun"
Emil Klaus
1899 y.

@Rassomlar
3.2K views12:51
Ochish/sharhlash