Get Mystery Box with random crypto!

​​Luminizm Bu haqda biron ma'lumot o‘qishingizdan oldin, shun | Rassomlar

​​Luminizm

Bu haqda biron ma'lumot o‘qishingizdan oldin, shuni eslatib o‘tmoqchimanki, luminizm bu - impressionizm emas. Aksincha, u impressionzmdan oldinroq paydo bo‘lgan. Ammo yorug'lik effektlariga alohida e'tibor berib ishlanishi jihatidan bir-biriga o‘xshab ketadi. Ya'ni bu yo‘nalish ichidagi yo‘nalish bo‘lib, luminizmga, biz, har qanday boshqa yo‘nalish ichida duch kelishimiz mumkin ekan. Masalan, men, internet manbalarini ko‘zdan kechirar ekanman, barbizonda ham, realizmda ham, ayniqsa, romantizm yo‘nalishida ko‘proq duch keldim. Impressionizmda esa, hammaga ma'lumki, nur va yorug‘lik tasviri yangi bosqichga ko‘tarildi. Ammo, bu bilan luministlar impressionistlar asoschisi ekan-da, degan xulosaga borish xato. Ular hech qanday tarzda impressionizmga ta'sir qilmaganlar.

Luminizm, ko‘proq post-impressionizm tendentsiyalariga to‘g‘ri tushadi, unda yorug'lik effektlarini namoyish etishga alohida e'tibor beriladi. Ushbu harakatning asosiy vakillaridan biri bo‘lgan belgiyalik rassom Emil Klaus, shuningdek uning shogirdlari Gustav de Smet, Fritz van den Berge, Jenni Montigny, Jorj Morrain, Anne de Vert, Konstant Permeke va boshqalarni ijodida yaqqol ko‘rish mumkin bu yo‘nalishdagi asarlarni. Gollandlar ham o‘z xissalarini qo‘shishgan. Xususan, Yan Torop, Yan Slyayters, Leo Gestel va Piet Mondrianlarning dastlabki punktualistik asarlarida ko‘rish mumkin luminizmni, masalan.

Ko‘pchilik belgiyalik luminist rassomlarning ishlari fransuz impressionistlariga, jumladan, Klod Mone kartinalariga juda yaqin, deb hisoblaydi, o‘z navbatida bu qarash impressionistik kartinalarni golland fovistlaridan bo‘lgan Anri Matiss, Mauris de Vlamink, Andre Derain ishlariga ham yaqinlashtiradi yoki tenglashtiradi.

Agar biz Yevropadan okeanortiga sayohat qilsak, XIX asrda, AQSh tasviriy san'atida, aynan, luminizm deb nomlangan badiiy harakat mavjud bo‘lganini bilib olamiz. Ushbu harakat a'zolari sifatida Albert Birshtadt, Martin-Jonson Xed, Jon Frederik Kensett, Devid Jonson, Frederik Edven Chyorch'larni misol keltirish mumkin.

Keling, bunday qilamiz, bu yo‘nalishda asarlar juda ko‘p. Men tanlay olmadim, to‘g‘risi. Shuning uchun pastda havola qoldiraman. O‘zingiz tamosha qilib olaverasiz, kelishdikmi?))

Quyida ilova qilingan asar:
"Quyoshli kun"
Emil Klaus
1899 y.

@Rassomlar