Get Mystery Box with random crypto!

Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar! O‘z | DAVLAT TEST MARKAZI

Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!