Get Mystery Box with random crypto!

#yangiliklar Pedagoglar uchun yana bir qulaylik Endilikda s | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yangiliklar
Pedagoglar uchun yana bir qulaylik

Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidan ro'yxatdan o'tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi

Xabaringiz bor, yaqin kunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmaganligi bois tinglovchilarning ma’lumotlari mutaxassislar tomonidan tekshirilib, faollashtirildi. Bu esa, ma'lum vaqt talab qilib, ustozlarning malaka oshirish jarayonini boshlashini cho'zilishiga sabab bo'layotgan hamda pedagog xodimlarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan edi.

Endilikda "Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi hukumatning One ID – Yagona identifikatsiya tizimi bilan to'liq integratsiya qilindi. Bu esa roʻyxatdan oʻtgan va oʻzi haqidagi ma’lumotlarni toʻliq kiritgan tinglovchilarning akkauntlarini avtomatik tarzda faollashtirish imkonini beradi.

Endi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, akkauntingizni faollashtirish uchun institutning Onlinedu.uz/Rasmiy 24/7 сhatiga murojaat qilib, soatlab kutishingiz shart emas.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |