Get Mystery Box with random crypto!

#yangiliklar TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar 2023-yi | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yangiliklar

TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar

2023-yil 13-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan “Educational Testing Service – ETS Global” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.

Unda Bilimni baholash agentligi va ETS Global tashkiloti mutaxassislari tomonidan TOEFL imtihonlari formati, imtihonga tayyorlanish uchun materiallar va natijalarning hisoblanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.

Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://etsglobal.clickmeeting.com/toefl-ibt-test-your-ultimate-guide/register

Vebinar 2023-yil 13-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Diqqat! Vebinar ishtirokchilariga TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun chegirma beriladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube