Get Mystery Box with random crypto!

#yana_bir_yangilik “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platform | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yana_bir_yangilik

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi respublikada eng mashhur platformalar TOP-5 ligiga kirdi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Google orqali o‘zbekistonliklarning axborot texnologiyalari va elektron hukumatga oid qidiruv so‘rovlari tahlili o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko’ra, onlinedu.uz havolasi orqali izlangan so’rovlar umumiy reytingda to’rtinchi o’rinni egalladi.

Joriy yilning mart oyidan ishga tushurilgan platforma o’tgan to’qqiz oylik qisqa muddat oralig’ida yuqori reyting natijasini qayd etdi.

Ma’lumot uchun “supermashhurlik” natijasini qayd etgan kuchli beshlikning ro’yxati:

Birinchi o’rin – kundalik.com;
Ikkinchi o’rin – emlash.uz;
Uchinchi o’rin – dtm.uz;
To’rtinchi o’rin – onlinedu.uz;
Beshinchi o’rin – Uzbekkoders.uz

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |