Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon | Xorazm

Telegram kanalining logotibi ramazon_xorazm_taqvimi — Ramazon | Xorazm R
Telegram kanalining logotibi ramazon_xorazm_taqvimi — Ramazon | Xorazm
Kanal manzili: @ramazon_xorazm_taqvimi
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

🌙Ramazon oyi taqvimi Xorazm viloyati uchun
Murojaat uchun: @Hakimov_Boburbek
Kanal reklamalarsiz yuritiladi!

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-07 20:18:44 #eslatma

Ashuro ro'zasi hisob-kitob bo'yicha dushanbaga, ya'ni ertaga 8-avgustga to'g'ri kelar ekan!

Hamda Ashuro ro'zasidan bir kun oldin va bir kun keyin ro'za tutishlik ham Sunnatdir!

Saharlik (OG'IZ YOPISH) duosi:
Navaytu an asuuma sovma shahril muharromi YAVMA ASHUROO A, minal fajri ilal mag‘ribi xoolisal lillaahi ta'aalaa Alloohu akbar.
Yoki...
Alloh roziligi uchun nafl ro'zasini tutishni niyat qildim.

Iftorlik (OG‘IZ OCHISH) duosi:
Alloohumma
laka sumtu va bika amantu va 'alayka tavakkaltu va 'alaa rizqika aftartu, fag‘firlii yaa g‘offaaru maa qoddamtu va maa axxortu. Birohmatika yaa arhamar rohimiyn.

Iftorlik uchun mahsus duo mavjud emas, shuning uchun ko'nglingizdagi niyatlar bilan ham og'iz ochsangiz bo'laveradi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
33 views17:18
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:47:07 #hadis

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: “Men tunda (Al-Masjid ul-Aqsoga) sayohat qildirilganimda (ya’ni, Isro’ kechasi) Muso alayhissalomni ko‘rdim. U kishi (bo‘y-bast va rang jihatdan xuddi Banu Qahtonga mansub) Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshar ekanlar. So‘ng Iso alayhissalomni ham ko‘rdim. U kishi o‘rta bo‘yli va oq-qizil yuzli bo‘lib, go‘yo biror issiq boshpanadan tashqariga chiqqanga o‘xshaydilar. Men esa Ibrohim alayhissalomning farzandlariga o‘xshayman. Keyin, menga ikki idish keltirildi, birida sut va boshqasida mast qiluvchi ichimlik. Jabroil alayhissalom: “Bulardan xohlaganingizni iching!” - dedilar. Men sutni olib ichdim. Shunda menga: “Islom xilqatiga (tabiatiga) xos ne’matni (yoki Odam bolasiga halol qilingan eng dastlabki ne’matni) oldingiz, agar mast qiluvchi ichimlikni olganingizda ummatingiz gumroh bo‘lgan bo‘lar edi”" - deyildi”.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Biror banda: “Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman” - deb aytmasligi lozim”, - dedilar va u kishini otalari (Matto)ga nisbat qildilar. Shuningdek, Janob Rasululloh Isro’ kechasi haqida eslab, Muso alayhissalomning bo‘y-bast va rang jihatidan Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshash ekanliklarini, Iso alayhissalomning esa o‘rta bo‘yli ekanliklarini aytdilar. Keyin, jahannam qo‘riqchisi Molik va Dajjol haqida ham esladilar”.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida (yahudiylarning) Ashuro’ kuni ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar. Yahudiylar: “Bu kun - Alloh taolo Muso alayhissalomga najot berib, Fir’avn xonadonini g‘arq qilgan buyuk kundir. Muso alayhissalom buning shukronasiga (shu kuni) ro‘za tutganlar”, - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: “Men Muso alayhissalomga eng haqli odamman!” - dedilar-da, Ashuro’ ro‘zasini o‘zlari ham tutdilar, sahobalarga ham tutishni buyurdilar”.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
30 viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2022-08-04 21:16:12
#juma

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar boʻlsin.

ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad
.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
37 views18:16
Ochish/sharhlash
2022-08-01 12:14:32 #eslatma

Qabrda bo‘ladigan Savol-Javoblar!

1)Robbing kim?
Robbimiz Alloh

2)Dinning qaysi?
Dinim Islom!

3)Payg‘ambaring kim?
Payg‘ambarim Muhammad (S.A.V)!

4)Kitobing qaysi?
Kitobim Qur'oni Karim!

5)Tilaging nima?
Tilagim iymon!

6)Qiblang qaysi?
Qiblam Ka'batulloh!

7)Millating qaysi?
Ibrohim Xalilulloh millati!

8)Mazhabing qaysi?
Imomi A'zam Abu Xanifa mazhabi!

9)Do‘stlaring kim?
Do‘stlarim chohor yorlar!

10)Ular kim?
Abu Bakir Siddiq,Xazrati Umar,Xazrati Usmon,Xazrati Alidir!

11)Qachondan beri musulmonsan?
Al'-Misoqdan beri!

12)Al'-Misoq nima?
Alloh taola ruhimizni yaratib ulardan Vada olgan kun!

13)Etiqoding qaysi?
Ahli Sunnat val Jamoat etiqodi!

14)Kimni yaxshi kōrasan?
Alloh taolani!

15)Undan keyinchi?
Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) ni!

16)Undan keyinchi?
Ota-onamni!

17)Undan keyinchi?
Barcha mo‘minlarni!

18)Seni kim yaratgan?
Alloh taola!

19)Nima uchun yaratgan?
O‘ziga ibodat qilish uchun!

20)Ibodat degani nima?
Ibodat Allohning aytganlari

21)Iymon kalimasini ayt?
La ilaha ilalloh Muhammadur Rasulolloh!

22)Ma'nosi nima?
Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad (S.A.V) uning Elchisi ekanligiga Guvohlik beraman!

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
47 views09:14
Ochish/sharhlash
2022-07-30 20:40:09
Yangi (hijriy 1444) yilingiz muborak bo‘lsin!

Islom olamida Yangi yil!

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
36 views17:40
Ochish/sharhlash
2022-07-28 23:52:35
#juma

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Salovot aytishni unutmang:
ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
44 views20:52
Ochish/sharhlash
2022-07-22 16:43:57 #juma

Shu onlarda vaqtimizni huda-behuda narsalarga sarflamay Robbimizga duo qilaylik.


1) Solihlardan biri: “Kimning jumasi maqbul bo‘lsa, haftasining qolgan kunlari ham maqbul bo‘ladi”, degan ekan.

2) Solihlardan biri dedi: “Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Rabbim duolarimni ijobat qilaverganidan, hatto (Rabbimdan biron narsa so‘rashga) uyaladigan bo‘lib qoldim”.

3) Tovus ibn Kayson juma kuni asr namozini o‘qigach, qiblaga yuzlanib, to kun botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas edi.
(“Tarixu vosit”)

4) Fazl ibn Fazola juma kuni asr namozini o‘qigach, masjidning bir chekkasiga borib o‘tirar va to quyosh botgunicha duo qilishdan to‘xtamas edi.
(“Axbarul qudot”)

5) Said ibn Jubayr asr namozini o‘qigach, to quyosh botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas, yaʼni duo bilan mashg‘ul bo‘lar edi.
(“Zodul maod”, 1/382)

6) Salt ibn Bistomning ko‘zi ojiz bo‘lib, ko‘rmay qolganida birodarlari juma kuni asr namozidan keyin o‘tirib uning haqqiga duo qilishdi. Quyosh botishidan oldin u bir aksirgach, ko‘zi yana ko‘ra boshladi.
(“Tarixu dimashq”)

7) Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar:
Bu soat asrdan keyingi oxirgi soat bo‘lib, uni ummatning barcha toifalari ulug‘laydilar”.
(“Zodul maod”, 1/384)

Ikrom Sharif

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
52 views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:48:29
#juma

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Salovot aytishni unutmang:
ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
39 views19:48
Ochish/sharhlash
2022-07-14 22:02:03
#juma

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Rasululloh (s.a.v)
marhamat etadilar:
«Kim menga kunda uch marta salovat aytsa, uning o‘sha kun qilgan gunohlari kechiriladi!».

Salovot aytishni unutmang:
ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
45 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-07-14 21:24:29 #eslatma

JUMANING SUNNATLARI:

Juma uchun g‘usl qilish.

Xushbo‘y narsalar surtish.

Chiroyli kiyimlar kiyish.

Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

Juma kuni badanni tozalab, hay'atni go‘zal qilish.

Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.

Juma kuni va kechasi Rasululloh (s.a.v)ga ko‘p salavot aytish.

Imom birinchi rak'atda Fotihadan keyin Jumu'a surasini va ikkinchi rak'atda Munofiqun surasini qiroat qilish.

Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.

Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak'atdan sunnat namozi o‘qish.

Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi
32 views18:24
Ochish/sharhlash