Get Mystery Box with random crypto!

#hadis Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasul | Ramazon | Xorazm

#hadis

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: “Men tunda (Al-Masjid ul-Aqsoga) sayohat qildirilganimda (ya’ni, Isro’ kechasi) Muso alayhissalomni ko‘rdim. U kishi (bo‘y-bast va rang jihatdan xuddi Banu Qahtonga mansub) Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshar ekanlar. So‘ng Iso alayhissalomni ham ko‘rdim. U kishi o‘rta bo‘yli va oq-qizil yuzli bo‘lib, go‘yo biror issiq boshpanadan tashqariga chiqqanga o‘xshaydilar. Men esa Ibrohim alayhissalomning farzandlariga o‘xshayman. Keyin, menga ikki idish keltirildi, birida sut va boshqasida mast qiluvchi ichimlik. Jabroil alayhissalom: “Bulardan xohlaganingizni iching!” - dedilar. Men sutni olib ichdim. Shunda menga: “Islom xilqatiga (tabiatiga) xos ne’matni (yoki Odam bolasiga halol qilingan eng dastlabki ne’matni) oldingiz, agar mast qiluvchi ichimlikni olganingizda ummatingiz gumroh bo‘lgan bo‘lar edi”" - deyildi”.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Biror banda: “Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman” - deb aytmasligi lozim”, - dedilar va u kishini otalari (Matto)ga nisbat qildilar. Shuningdek, Janob Rasululloh Isro’ kechasi haqida eslab, Muso alayhissalomning bo‘y-bast va rang jihatidan Shinva’a qabilasi kishilariga o‘xshash ekanliklarini, Iso alayhissalomning esa o‘rta bo‘yli ekanliklarini aytdilar. Keyin, jahannam qo‘riqchisi Molik va Dajjol haqida ham esladilar”.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida (yahudiylarning) Ashuro’ kuni ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar. Yahudiylar: “Bu kun - Alloh taolo Muso alayhissalomga najot berib, Fir’avn xonadonini g‘arq qilgan buyuk kundir. Muso alayhissalom buning shukronasiga (shu kuni) ro‘za tutganlar”, - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: “Men Muso alayhissalomga eng haqli odamman!” - dedilar-da, Ashuro’ ro‘zasini o‘zlari ham tutdilar, sahobalarga ham tutishni buyurdilar”.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi