Get Mystery Box with random crypto!

#juma Shu onlarda vaqtimizni huda-behuda narsalarga sarflama | Ramazon | Xorazm

#juma

Shu onlarda vaqtimizni huda-behuda narsalarga sarflamay Robbimizga duo qilaylik.


1) Solihlardan biri: “Kimning jumasi maqbul bo‘lsa, haftasining qolgan kunlari ham maqbul bo‘ladi”, degan ekan.

2) Solihlardan biri dedi: “Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Rabbim duolarimni ijobat qilaverganidan, hatto (Rabbimdan biron narsa so‘rashga) uyaladigan bo‘lib qoldim”.

3) Tovus ibn Kayson juma kuni asr namozini o‘qigach, qiblaga yuzlanib, to kun botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas edi.
(“Tarixu vosit”)

4) Fazl ibn Fazola juma kuni asr namozini o‘qigach, masjidning bir chekkasiga borib o‘tirar va to quyosh botgunicha duo qilishdan to‘xtamas edi.
(“Axbarul qudot”)

5) Said ibn Jubayr asr namozini o‘qigach, to quyosh botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas, yaʼni duo bilan mashg‘ul bo‘lar edi.
(“Zodul maod”, 1/382)

6) Salt ibn Bistomning ko‘zi ojiz bo‘lib, ko‘rmay qolganida birodarlari juma kuni asr namozidan keyin o‘tirib uning haqqiga duo qilishdi. Quyosh botishidan oldin u bir aksirgach, ko‘zi yana ko‘ra boshladi.
(“Tarixu dimashq”)

7) Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar:
Bu soat asrdan keyingi oxirgi soat bo‘lib, uni ummatning barcha toifalari ulug‘laydilar”.
(“Zodul maod”, 1/384)

Ikrom Sharif

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi