Get Mystery Box with random crypto!

QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Telegram kanalining logotibi quvasoy_hokimligi — QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_hokimligi — QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI
Kanal manzili: @quvasoy_hokimligi
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.47K
Kanalning ta’rifi

Қувасой шаҳар ҳокимлиги расмий канали.
Фейсбук: https://www.facebook.com
Твиттер: twitter.com/QuvasoyH
Инстаграм: instagram.com/quvasoy_shahar_hokimligi
Расмий веб сайт: https://quvasoy.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 44

2023-01-06 09:24:57
Аномал совуқ пайтида ҳам электр энергиясида чекловлар киритилади

Ўзбекистонга Волгабўйи ҳудудларидан совуқ нам ҳаво массалари кириб келишига қарамасдан автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчалари фаолиятига киритилаётган чекловлар давом эттирилади.

Шунингдек, энерготизимда содир бўлиши мумкин бўлган йирик аварияларни олдини олиш мақсадида маҳаллий ҳокимликлар билан келишилган ҳолда тасдиқланган графикларга асосан қисқа муддатли чекловлар киритилади.

Бундан ташқари, ишлаб чиқариш корхоналарига табиий газ етказиб бериш ҳажми кескин камайтирилади.

БАТАФСИЛ

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
402 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 06:24
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:24:57 2022 йил 30 декабрдан бошлаб Ҳиндистоннинг “Marion Biotech” компанияси томонидан ишлаб чиқарилган ва Ўзбекистонда рўйхатдан ўтказилган барча турдаги дори воситаларининг савдоси вақтинчалик тўхтатилди.

Дори олаётганда қадоғига қаранг, агар "MARION BIOTECH" бўлса олманг, ўзингиз ва яқинларингиз соғлигини асранг!

Шунингдек, Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги юртимиз дорихоналарида Ҳиндистоннинг “Marion Biotech Pvt.Ltd” компанияси томонидан ишлаб чиқарилган “ДОК-1 MAKС сироп 100 мл” ва “ДОК-1 таблетки №10” дори воситаларининг реализациясини тўхтатиш, реализация қилинган қолдиқ дори воситаларини дорихоналардан қайтариб олиш кўрсатмасини берган бўлиб, ушбу дори воситаси республикамиздаги барча дорихоналар расталаридан тезкорлик билан йиғиб олинди.

Агар бирор тадбиркорлик субъектида мазкур “ДОК-1 MAKС сироп 100 мл” ва “ДОК-1 таблетки №10” дори воситалари қолган бўлса, бу ҳақда Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлигининг мурожаатлар бўлимига зудлик билан хабар бериш сўралади.

Ҳурматли юртдошлар!

Агар ушбу дори воситасини сотиб олган бўлсангиз ва ҳозир бу препарат уйингизда сақланаётган бўлса, уни зинҳор қўлламасликни, шунингдек, дорихоналарда Ҳиндистоннинг “Marion Biotech Pvt.Ltd” компанияси томонидан ишлаб чиқарилган дори воситаларининг савдосига гувоҳ бўлган тақдирингизда прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг вилоят бошқармаси ёки унинг шаҳар ва туманлар бўлимларига ҳамда қуйидаги телефон рақамига қўнғироқ қилишингизни сўраймиз.

Мурожаат учун телефон: 1103

Қуйида компания томонидан ишлаб чиқарилган асосий дори воситалари рўйхатини эътиборингизга ҳавола этамиз:

“Анасеп” гель;
“Белдомакс” номидаги барча дори воситалари;
“Бревефлора” касулалари;
“Док-1 Макс” номидаги барча дори воситалари;
“Кюрамакс Виталонг” капсулалари;
“Леворекс” номидаги барча дори воситалари;
“Найтфорс” таблеткаси;
“Тергамон-сул” дори воситаси;
“Траванайт” таблеткалари;
“Ферофорт” номидаги барча дори воситалари;
"Кюразит" номидаги барча дори воситалари;
"Нол грипп" номидаги барча дори воситалари;
"Цинепар" номидаги барча дори воситалари;
"Амбронол" сиропи;
"Травамакс" номидаги барча дори воситалари;
“Фракджоин” капсулалари.
539 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 06:24
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:23:25
#Қувасой_шаҳри

Суфон МФЙ ҳамда Бўстон МФЙ ҳудудларида ички хўжалик йўлларида жорий таъмирлаш ишлари якунига етказилди

Каналга уланиш:
Facebook | Telegram | YouTube
322 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 06:23
Ochish/sharhlash
2023-01-06 07:23:27 Quvasoy shahrida 2022-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» Dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-sonli qarori doirasida, 2022 yilda shahardagi Sufon hamda Boʻston MFY hududidagi 10 km ichki yoʻllar infratuzilmalarini yaxshilash ishlari uchun 5 925,0 mln.soʻm Respublika byudjeti mablagʻlari ajratilgan.

Bugungi kunda 2ta MFY hududida jami 10,0 km ichki xoʻjalik yoʻllarida joriy taʼmirlash ishlari yakuniga etkazildi.
Jumladan:

Sufon MFY hududida jami 5,7 km ichki xoʻjalik yoʻllari joriy taʼmirlandi: shundan 3,7 km asfaltobeton va 2,0 km sementabeton qoplamali yoʻllar qurildi.

Boʻston MFY hududida jami 4,3 km ichki xoʻjalik yoʻllari joriy taʼmirlandi: shundan 1,3 km asfaltobeton va 3,0 km sementabeton qoplamali yoʻllar qurildi.

Shuningdek, Sufon va Boʻston MFY hududilarida qiymati 113,1 mln.soʻm boʻlgan jami 2,0 km masofada sementobeton qoplamali piyodalar yoʻlagi qurildi.

Bundan tashqari, jami 3,65 km ichki xoʻjalik yoʻllarida xashar yoʻli bilan shagʻallashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan:
Boʻston MFY hududida 3,0 km;
Sufon MFY hududida 0,65 km.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
553 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 04:23
Ochish/sharhlash
2023-01-06 07:23:27
604 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 04:23
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:25:32
Quvasoy shahar Polmon mahalla fuqarolar yigʻinida Vazirlar Mahkamasiningn 565-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida jinoyatchilik muhokamasi oʻtkazildi.

Bugun 05.01.2023-yil Quvasoy shahar xokimining, 1-o`rinbosari X.Xoldorov, shahar IIB 1-o`rinbosari mayor F.Qo`shmatov, shahar IIB JXX XPB boshlig`i mayor K.Sotiboldiyev hamda Polmon mahalla fuqarolar yigʻini raisi, yoshlar etakchisi, hokim yordamchisi, proflaktik inspektori va fuqarolar ishtirokida, dekabr oyida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiningn 565-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida jinoyatchilik muhokamasi oʻtkazildi.

Ma`sullarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan zaruriy tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
609 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 14:25
Ochish/sharhlash
2023-01-05 13:36:04
2023 йилги футбол мавсуми: Вилоятимизнинг 5 та жамоаси жорий мавсумда профессионал лигаларда беллашадилар

Янги 2023 йилги футбол мавсуми Фарғона вилояти футбол ишқибозлари учун янада ёрқин воқеъликларга бой бўлиши кутилмоқда. Жорий мавсумда вилоятимизнинг 5 та жамоаси жорий мавсумда профессионал лигаларда беллашадилар.

Уч йиллик танаффусдан сўнг ўтган йили Суперлигада муносиб иштирок этиб, бу йилдан янги ғалабаларни кўзлаётган Фарғонанинг “Нефтчи” жамоаси билан бирга, Ўзбекистон туманининг “Турон” жамоаси футболчилари ҳам Про лига 2022 йилги мавсумидаги муваффақиятли натижалардан сўнг бу йил яна Coca Cola Суперлигасида тўп сурадилар.

2022 йилги муваффақиятсиз мавсумдан кейин Суперлигани тарк этган “Қўқон-1912” клуби эса Про лигада тўп суриб, кучлилар сафига қайтиш йўлланмаси учун курашади.

Биринчи лигада эса ўтган 2022 йилги мавсумда 11-ўринни эгаллаган Олтиариқнинг “Дўстлик” жамоаси билан бирга, 2022 йилда вилоятлар, Тошкент шаҳар ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси биринчиликлари ғолиблари ўртасида биринчи лигага ўтиш турнири ғолиби бўлган Қувасойнинг “Цементчи” футболчилари иштирок этишади.

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
402 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 10:36
Ochish/sharhlash
2023-01-05 10:50:19 Quvasoy shahar aholisi diqqatiga!

Ob-havoning keskin oʻzgarishi tufayli kommunal sohalarda koʻplab muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish hamda vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Quvasoy shahar hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab aʼzolariga etkazishingiz mumkin.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

Murojaat uchun telefonlar:

Quvasoy shahar hokimligi markaziy shtabi;
(73) 372-02-65

Shtab rahbari – Quvasoy shahar hokimining kapital qurilish va kommunikasiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Shuxratjon Tursunbaev;
Tel: (98) 271-00-58
Tel: (93) 978-01-05 (bosh mutaxassis)

Shtab kotibi –Quvasoy shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi – Qoʻchqorov Iqboljon;
Tel: (93) 647-58-88

Quvasoy shahar gaz taʼminoti korxonasi direktori – Akbarov Nodirjon
Tel: (90) 303-25-50;
Tel: (98) 576-05-92;
Tel: (73) 372-05-98 (dispetcher), 104 (ishonch telefoni)

Quvasoy shahar elektr taʼminoti korxonasi direktori – Usmanov Muzaffar;
Tel: (94) 550-05-11 (91) 114-10-11 (bosh muhandis)
Tel: (73) 372-13-42: (dispetcher)

Quvasoy shahar suv taʼminoti korxonasi direktori – Abduboqiev Azizbek ;
Tel: (99) 607-75-50 (bosh muxandis)
Tel: (73) 372-12-15 (dispetcher)

Quvasoy shahar Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri – Jadigarov Kamoldin;
Tel: (91) 128-13-00;
Tel: (93) 372-21-13 (Bosh muxandis)

Quvasoy shahar Maktabgacha taʼlimi boʻlimi boshligʻi Eldorjon Qoʻziev;
(91) 158-75-66;
Tel: (97) 337-85-77 (Bosh muxandis)

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻi - Xojimaxsudov Nuriddin;
Tel: (99) 345-11-31;
Tel: (93) 481-5-88-51 (Bosh muxandis)

Quvasoy shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi – Milibaev Raximjon;
Tel: (91) 650-75-92
Tel: (73) 372-15-71 (dispetcher); 101 (ishonch telefoni)

Quvasoy shahar IIB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inchpektori Ibragimov Muxiddin;
Tel: (90) 631-07-70
Tel: (73) 372-02-33 (IIB navbatchilik qismi), 102 (Ishonch telefoni).

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
709 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 07:50
Ochish/sharhlash
2023-01-05 09:43:28 QUVASOY SHAHAR HUDUDIDA 2022 YILDA UMUMFOYDALANISHDAGI VA ICHKI XOʻJALIK YOʻLLARIDA OLIB BORILGAN QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Korxona tasarrufida boʻlgan 168 km masofadagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida jami 2 929,4 mln.soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari olib borilib, reja 100%ga bajarildi. (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 2 329,4 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 600,0 mln.soʻm).

Umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida jami 2 156,5 mln.soʻmlik saqlov ishlari olib borish koʻzda tutilgan (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 618,2 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 1 538,3 mln.soʻm.) boʻlib, bugungi kunga qadar 1 827,8 mln.soʻmlik saqlov ishlari olib borildi. (Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida – 532,1 mln.soʻm; Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – 1295,7 mln.soʻm.)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori doirasida, Quvasoy yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tasarrufidagi avtomobil yoʻllarida 40 dona yoʻl belgilarini yangidan oʻrnatildi, 245 dona mavjud eskirgan yoʻl belgilari oʻrniga zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilariga almashtirildi. 22 dona yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish va yoʻl belgilarini oʻrnatish yuzasidan yoʻl belgi korxonasiga talabnomalar berildi, 55,5 km yoʻl yotiq chiziqlari chizildi.

Shahardagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joylashgan
20, 21, 24 va 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari oldiga harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida sunʼiy notekislik barpo qilindi.

1,5,6,9,10,11,12,13,14,17,20,21,22,24,25,27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda 90-sonli Maxsus maktab va Xuvaydo MFY Shifokorlar koʻchasidagi “INTELLEKT” xususiy maktabi, shuningdek, Lashkar MFY hududida joylashgan “Bolalar dam olish maskani” oldiga 3.24 “Yuqori tezlikni cheklash” (30) yoʻl belgilari oʻrnatilib, 1.14 yoʻl yotiq chizigʻi (Piyodalar oʻtish joyi) 5.16.2 “Piyodalar oʻtish joyi” yoʻl belgilari zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilari oʻrnatildi.

4r-142 “Quvasoy-Arsif” avtomobil yoʻlining 8,0 km qismida,
4n-844 “Quvasoy-Polmon” avtomobil yoʻlining 3,0 km qismida asfaltlashtirish ishlari olib borildi va 4r-204 “Fargʻona xalqasi-Sufon”, 4k-843 “Qobilbek-Lashkar-Valik” avtomobil yoʻllaridagi chuqur-chanoqlar (yamochniy) taʼmirlanib yoʻlning xolati yaxshilandi va harakat xavfsizligi taʼminlandi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
514 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 06:43
Ochish/sharhlash
2023-01-05 09:43:28
495 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 06:43
Ochish/sharhlash