Get Mystery Box with random crypto!

QUR'ON AHLIGA TUHFA

Telegram kanalining logotibi quron_ahlidan — QUR'ON AHLIGA TUHFA Q
Telegram kanalining logotibi quron_ahlidan — QUR'ON AHLIGA TUHFA
Kanal manzili: @quron_ahlidan
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 51.26K

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2020-11-23 09:32:20
Qur’oni Karimni video shaklida to'liq holda yozib olish ishlari boshlandi...

Shu kunlarda Allohni irodasi ila ustozimiz Shayx Alijon qori boshchiligida “Alquranuz” jamoasi muhlislarimiz so’rovlarini inobatga olib, uztozimiz Shayx Alijon qori tilovatlari asosida Qur’oni Karimni video shaklida to'liq holda yozib olish ishlarini boshladi. Ushbu xizmat ustozimiz Shayx Alijon qorining 30 yillik mexnat mahsuli bo’lib, hozirda bunday video tasmalar dunyoning mashhur qorilari tomonidan yozib olingan.
Siz aziz muxlislardan duo, Alloh azza va jalladan qabulini so’raymiz!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
49.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2020-11-22 19:09:52
#Siz_kutgan_suhbat

Umarxon domla hazratlarining Misrdagi o’zbekistonlik talabalar davrasida bo’lib o’tgan suhbatlari...

2-qism

To'liq holatda youtube'dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin.





Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
46.5K views16:09
Ochish/sharhlash
2020-11-22 19:09:48
#Siz_kutgan_suhbat

Umarxon domla hazratlarining Misrdagi o’zbekistonlik talabalar davrasida bo’lib o’tgan suhbatlari...

1-qism

To'liq holatda youtube'dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin.





Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
45.0K views16:09
Ochish/sharhlash
2020-11-16 14:05:29
TEZ KUNDA...

Yurtimizning mashxur ulamolaridan Umarxon domla xazratlarining Misrdagi o’zbekistonlik talabalar davrasida bo’lib o’tgan suhbatlari...

Шайх Aлижон қори расмий саҳифаларига
уланинг
@Alquranuz
@QURON_AHLIDAN
67.3K views11:05
Ochish/sharhlash
2020-10-13 14:57:09
#Taziya

Қуръони Каримни ўзбекча таржимасининг илк таржимони шайх Aлоуддин Мансур ҳазратлари вафот этдилар.

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Шайх Aлижон қори расмий саҳифаларига
уланинг
@Alquranuz
@QURON_AHLIDAN
94.9K viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2020-09-26 16:59:51
#Taziya

Qur’on qiroati va tajvid ilmida mohir bo’lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasalmdan kelgan 10 hil qiroat soxibi, “Al-Azhar” jomiyasining qiroat fakultetini bitirib, hozirda elimizga xizmat qilib kelayotgan Zayniddin qori Usmonov vafot etdilar.

Zayniddin qori Usmonov 10 hil qiroatni vatanimizga olib kelgan zotlarning peshqadami edilar!

Ustozimiz Shayx Alijon qori hamda “Alquranuz” jamoasi nomidan, qiroat ilmida mohir bo’lgan zot Zayniddin qori akaning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur taziya izhor qilamiz!

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Shayx Alijon qori rasmiy sahifalariga
ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
86.8K views13:59
Ochish/sharhlash
2020-09-24 18:50:21
#Xush_xabar

Qur'on o'qish "AlQuran" bilan yanada oson...

Kutib oling "Al-Quranuz" mobil ilovasi!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
65.8K views15:50
Ochish/sharhlash
2020-09-24 18:50:17“AL-QURAN” MOBIL ILOVASI HAQIDA

Qurʼoni karim doim ilm va taʼlimga targʻib qilib kelgan. Qurʼonda “Nazar solmaydilarmi?!”, “Koʻrmaydilarmi?!”, “Tadabbur qilmaydilarmi?!”, “Tafakkur qilmaydilarmi?!”, “Aqlni ishlatmaysizmi?!” va boshqa shu mazmundagi oyatlar koʻp marta takrorlangan. Darhaqiqat, ilm olish, izlanish, ixtiro qilish va ijod qilish Qurʼonda buyurilgan ezgu amallardan hisoblanadi. Bu oyatlarga ogʻishmay amal qilgan Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargʻoniy rahimahullohlar kabi buyuk ajdodlarimiz oʻz sohalarida amalga oshirgan yangiliklar, ixtirolar va kashfiyotlar hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Yurtimizda taʼlim sohasiga innovatsion yondashish ancha yerta boshlangan. Albatta, buning ildizi va asosiy manbasi Qurʼoni karim taʼlimotlari hisoblanadi.

Bugungi kunda taʼlim sohasida zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga boʻlgan qiziqish va intilish kun sayin ortib bormoqda. Xususan, mustaqil taʼlimga boʻlgan ehtiyoj bugun eng muhim masala sifatida talqin qilinmoqda. Kompyuter va telefon ilovalaridan foydalanish, kerakli maʼlumotlarni internet tarmogʻidan qidirish va shu orqali bilimni oshirib borish bugungi kunimizda oddiy holatga aylangan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xususan, taʼlim sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish oʻquvchi va talabalarning mavzuni chuqur oʻzlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa oʻz navbatida har bir mutaxassis zimmasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish masʼuliyatini yuklamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan mamlakatimizda “2020-yil — Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi ham fikrimizni isbotlaydi.

Qurʼon taʼlimi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan beri muttasil davom etib kelayotgan eng muhim taʼlim sohalaridan biri hisoblanadi. Qurʼon taʼlimiga boʻlgan eʼtibor asrlar osha rivojlanib, bu borada turli uslublar, risolalar, oʻquv qoʻllanmalar va amaliy tajribalar ishlab chiqilgan. Bu jarayon bugungi kunda ham zamonamizning eng ilgʻor texnologiyalari yordamida jadal surʼatda davom etmoqda. Xususan, Qurʼoni karim oyatlarining arabcha matni, turli tillardagi tarjimalari, tajvid qoidalari, tafsiri, audio va video yozuvlarini oʻzida mujassam qilgan ilovalar Qurʼon taʼlimining yangi bosqichga chiqqanidan darak bermoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan “Al-Quran” mobil ilovasida ham mazkur zamonaviy taʼlim uslublaridan foydalanilgan. Ushbu ilovaning Qurʼon taʼlimiga oid boshqa ilovalardan farqi shundaki, unda yurtimizda mashhur boʻlgan taʼlim uslublariga alohida urgʻu berilgan. Oʻlkamizda faoliyat yuritayotgan din arboblari, diniy bilim yurtlarida taʼlim olayotgan talabalar va Qurʼon oʻqishdan xabari bor moʻmin-musulmonlar ilk saboqni “Muallimi soniy” kitobidan olganlari hech kimga sir emas.

Batafsil o'qish uchun manzil:
https://telegra.ph/AL-QURAN-MOBIL-ILOVASI-HAQIDA-09-24

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
63.0K views15:50
Ochish/sharhlash
2020-09-16 15:07:58
#сотувда #диск

Алижон қори Файзуллоҳ ўғлининг «Муаллими соний» DVD диски сотувда

Бироз муддат ушбу диск сотувда тўхтаб қолиб, Қуръон шайдоларининг ғами ошган эди. Бугундан яна «Муаллими соний» дискини «Hilol» дўконларидан харид қилишингиз мумкин. Аллоҳнинг ҳос бандалари* бўлишга шошилинг!

* Анас ибн Молик розияллоҳу анҳу ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қуръон аҳли, Аллоҳнинг аҳли ва унинг хос кишиларидир» дедилар.
Ибн Можа ривоят қилган

Муаллиф: Алижон қори Файзуллоҳ ўғли
Нашриёт: «Hilol-studio»
Нархи: 15 000

Онлайн буюртма бериш

Дўконларимиз манзиллари

Facebook / Instagram / Telegram
59.9K views12:07
Ochish/sharhlash
2020-09-11 12:07:49 Давоми

1. Абул Мунзир Ҳишом ибн Муҳаммад Соиб Калбий раҳимаҳуллоҳ Қуръонни УЧ КУНда тўлиқ ёд олган.
2. Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳнинг шогирди Имом Муҳаммад ибн Ҳасан Шайбоний раҳимаҳуллоҳ Қуръонни бир ҳафта – ЕТТИ КУНда тўлиқ ёд олган.
3. Шоҳи Муродобод мадрасаси ва Девбанд олийгоҳида бош мударрис бўлиб ишлаган Ҳазрат Мавлоно Саййид Фахруддин раҳимаҳуллоҳ Қуръони каримни ЙИГИРМА БЕШ КУНда тўлиқ ёд олган.
4. Ҳиндистондаги машҳур Девбанд олийгоҳининг асосчиларидан бири Ҳазрат Мавлоно Қосим Нонутий раҳимаҳуллоҳ Қуръони каримни БИР ОЙда тўлиқ ёд олган.
5. Ҳазрат Иззуддин ибн Жамоа раҳимаҳуллоҳ Қуръони азимни БИР ОЙда тўлиқ ёд олган.
6. Мавлавий Руҳуллоҳ Лоҳурий раҳимаҳуллоҳ Маккаи мукаррамага келиб, Рамазон ойида, яъни ЎТТИЗ КУНда Қуръонни тўлиқ ёд олган.
7. Убайдуллоҳ ибн Яъқуб Ҳанафий раҳимаҳуллоҳ ТЎРТ ОЙда Қуръонни тўлиқ ёд олган.
8. Иброҳим ибн Саъд раҳимаҳуллоҳ шундай ҳикоя қилади: “Халифа Маъмун раҳимаҳуллоҳ ҳузурига ТЎРТ ЁШли бола келди. У Қуръонни тўлиқ ёд олган экан”.
Мазкур уламоларнинг Қуръон ҳифзида пешқадам бўлганлари таҳсинга лойиқ, албатта. Табиийки, сизни “Бу олимлар нима сабабдан Қуръонни бу даражада тез ёд олганлар? Уларни бу ишга нима ундаган?” ва шу каби бошқа саволлар қийнаётган бўлса керак. Бу саволларингизга лойиҳамизнинг келгуси сонида жавоб топасиз, деган умиддамиз. Сизлар учун яна бир ажойиб ва тароватли гулдаста тайёрлаб қўйганмиз. Лойиҳамизни кузатиб боринг.
Қуръонни шунчаки ўқиманг, Уни тафаккур қилинг!
Манба:
1. Мавлоно Шаббир Аҳмад Усмоний. Тафсири усмоний (Нашр йили ва жойи кўрсатилмаган). – Б. 1246.
2. Муҳаммад Абдулҳаққ ибн Шоҳ Ҳиндий Ҳанафий. Ал-Иклил ъала Мадорик ат-Танзил ва ҳақоиқ ат-таъвил. Ж.5. – Байрут: Дар ал-кутуб ал-илмия, 2012.– Б. 592.
3. Нуруддин Али ибн Султон Мулла Али Қори. Анвор ал-Қуръан ва асрор ал-Фурқон (Тафсир ал-Мулла Али ал-Қори). Ж.4. – Байрут: Дар ал-кутуб ал-илмия, 2013.– Б. 132.
4. Қаранг: Муфтий Пир Муҳаммад Аслам Нақшбандий Мужаддидий. Қуръони ҳаким пакка карнэ кэ асан тариқэ. (Шаҳар кўрсатилмаган): Мактаба жамиъа ас-солиҳат (нашр йили кўрсатилмаган). – Б. 154-157.

Тавсия этинг
Шайх Aлижон қори
расмий
саҳифалари
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
69.9K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash