Get Mystery Box with random crypto!

​Qoraqalpogʻistondagi voqealarning asosiy tashkilotchisi Daule | Qoraqalpog'iston yangiliklari

Qoraqalpogʻistondagi voqealarning asosiy tashkilotchisi Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi

Qoraqalpogʻistondagi voqealar boʻyicha tergovga jalb etilgan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zoʻravonlik, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi qatʼiy nazoratga olingan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan joriy yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha Bosh prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

"Shakllantirilgan Bosh prokuratura tergov guruhi zimmasiga yuz bergan hodisalarning barcha holatlarini aniqlash, tergov harakatlarini xolisona hamda qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish vazifasi yuklatilgan.Tergov harakatlari davomida jinoyat ishi boʻyicha Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kishi ushlandi.
 
Shu jumladan, D.M.Tajimuratov va A.T.Turdanovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov eʼlon qilindi. Ularga nisbatan sudning qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi. L.O.Qallixanovaning harakatlarida jamoat xavfsizligiga tajovuz qilish jinoyati alomatlari aniqlandi. U jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlandi.Tergovga jalb etilgan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zoʻravonlik, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi qatʼiy nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.


Taʼkidlanishicha, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga himoya huquqi toʻla taʼminlangan holda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, saqlash joylarida qonunda nazarda tutilgan barcha sharoitlar taʼminlangan. Sogʻligʻi va saqlash sharoitlari boʻyicha eʼtirozlari mavjud emas.

Kanal: @qoraqalpoq_yangilik