Get Mystery Box with random crypto!

Nukusdagi tartibsizlikni tinchitishda nega qizil boʻyoqdan foy | Qoraqalpog'iston yangiliklari

Nukusdagi tartibsizlikni tinchitishda nega qizil boʻyoqdan foydalanildi?


1-iyul kuni Nukusda sodir boʻlgan tartibsizlikni tinchitish maqsadida namoyishchilarga suvga aralashtirilgan qizil boʻyoq sepilgan. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha Milliy gvardiya boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Abdijan Abduvaliyev maʼlum qildi.

Uning aytishicha, tartibsizliklarni tinchitish maqsadida namoyishchilarga qizil boʻyoq sepilishidan maqsad ular orasidagi yetakchilarni ajratib olishdir. “Nega aynan qizil boʻyoqdan foydalaniladi?” degan savolga Milliy gvardiya vakili bu rang uzoqdan koʻzga tashlanishi va yaqqol ajralib turishini keltirgan.
Abduvaliyevning aytishicha, 1-iyul kungi tartibsizliklarda namoyishchilarni tarqatish uchun ham aynan qizil boʻyoq ishlatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda namoyishlar boʻlib oʻtgan koʻchada qon oqayotgani, goʻyoki maxsus mashina qonni suv yordamida yuvayotgani iddao qilingan video tarqaldi. Keyinchalik bu qon emas, boʻyoq ekani, namoyishlarni tinchitishda bunday usuldan foydalanish mavjud tajriba ekani maʼlum boʻldi.

Manba: kun.uz sayti

Qoraqalpog'iston yangiliklari