Get Mystery Box with random crypto!

#kuzatuv Loyiha boshqaruvi [4] Loyiha boshqaruvi uslublari | Qiziqarli Marketing

#kuzatuv

Loyiha boshqaruvi

[4] Loyiha boshqaruvi uslublari

Bundan oldingi postda “waterfall” ya’ni, sharshara uslubi haqida qisqacha keltirib o’tilgan edi.

Uslubning afzalliklari:
● Loyiha har doim qat'iy byudjet va muddatga ega.
● Jamoaga yangi a'zolarni jalb qilish oson, chunki vazifalar aniq keltirib o’tilgan.
● Hisobotlarni tuzish qulay: natijalarni to'g'ridan-to'g'ri rejalashtirish uchun Gante diagrammasida ko'rsatishingiz mumkin.
● Ko'pchilik loyiha boshqarishning ushbu uslubiga ko’nikib qolgan, deyarli har bir kishi uning texnologiyalari bilan tanish, shuning uchun xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishlari shart emas.

Kamchiliklari:
● Loyihaga hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi. Agar yangi talablar paydo bo'lsa, rejalashtirishni noldan boshlash kerak bo'ladi, bu esa ishning oxirini sezilarli darajada kechiktirishi mumkin.
● Belgilangan muddatlarning har qanday surilishi rejalashtirishga ta’sir ko’rsatadi.
● Ko'p ishlarni parallel ravishda bajarish mumkin emas, chunki ketma-ketlik printsipi buziladi. Masalan, siz har bir yangi ishlab chiqilgan xususiyatni sinab ko'rish qiyinlashadi.

Ikkinchi eng tarqalgan uslub esa Agile metodologiya. Moslashuvchan loyiha boshqaruv uslubi xisoblanadi. Ushbu metodologiya IT-sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, lekin u hozirda boshqa loyihalarda ham qo'llanilmoqda.

Rasmda ishlash tartibi yaqqol keltirib o’tilgan.

Afzalliklari:
● To'liq moslashuvchanlik va o'zgarish erkinligi.
● Kam tavakkalchilik – jarayonning o‘zidayoq jamoa biznes va foydalanuvchilardan fikr-mulohazalarni oladi.
● Belgilangan muddatdagi o’zgarishlarga barqarorlik.
● Odamlarga e'tibor qaratilganligi va jamoa loyihada ko'proq ishtirok etishi.

Kamchiliklari:
● Loyihaning aniq rejasi va tuzilishi mavjud emas.
● Xodimlar va biznes mijozlar yaqinroq hamkorlik qilishlari kerak.
● Ish jarayonida jamoani almashtirish qiyin bo’ladi.
● uslubni tatbiq etish qiyin bo'lishi mumkin, buning uchun maxsus xodim yoki loyiha menejeri talab qilinadi.

@muhsumovich_blog