Get Mystery Box with random crypto!

Tarixga kirgan marketing usullari 'Mahsulotni sotish murakkab | Qiziqarli Marketing

Tarixga kirgan marketing usullari

"Mahsulotni sotish murakkab va qiziqarli jarayon bo'lib, unda ko'p narsa nafaqat sotuvchining bilimiga, balki uning ijodkorligi va ayyorligiga ham bog'liq"

Bugun biz tarixga kirgan va marketing sohasida yangi bo'lganlar uchun yaxshi o'rnak bo'ladigan ajoyib "ayyorliklar" haqida gaplashamiz.

• Bitta viski tarixi

Andy Dyuar viskisi butun dunyoda tanilgan, ammo XIX asrning oxiriga qadar odamlar viski haqida eshitmagan va sinab ko'rishni xohlamagan edi. O'sha paytda brendi, rom, jin juda mashhur bo'lgan va viskini targ'ib qilish juda qiyin ish edi. Dyuar nimani o'ylab topdi?

Ayyor ishlab chiqaruvchi barlarga boradigan odamlarni ishga oldi va barmendan viski quyishni so'rashi kerakligini aytdi. Bir necha hafta vaqt o'tgach, brend egasining o'zi barda paydo bo'ldi va ushbu ichimlikni yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzishni taklif qildi. Asta-sekin Dyuar kompaniyaning savdo hajmini 10 barobar oshirishga muvaffaq bo'ldi.

• Coca-Cola va Santa Klaus

Eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli marketing kampaniyalaridan biri bu Santa obrazini yaratgan Coca-Cola brendining loyihasidir.

Ha, ha, qizil kostyum kiygan va soqolli yoqimli semiz odam - bu kompaniyaning kreativ ishidir. Coca-Cola sotuvchilari reklama olamida eng arzon va eng foydali moda modelini yaratish orqali juda katta natijaga erishishdi.

• Sartaroshlarning "hikoyalari"

Reklama biznesidagilar shahardagi barcha sartaroshlarni yangi ochilgan restoranga taklif qilgan ayyor restavrator haqida hikoya qiladilar.

"Usta sartaroshlarlar har kuni to‘yib-to‘yib ovqatlanib, ertalab ishga ketishardi va har bir mijoziga restoran, u yerdagi taomlar va xizmatlar haqida gapirib berishardi. Juda tez fursat ichida Restoran mijozlar bilan to'la boshladi."

@qiziq_marketing