Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QIZILTEPA

Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA Y
Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA
Kanal manzili: @qiziltepa_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.40K
Kanalning ta’rifi

Rasmiy kanal https://t.me/qiziltepa_hokimligi
Facebook https://www.facebook.com/qiziltepa.tumani.hokimligi
Instagram https://www.instagram.com/yangi_qiziltepa
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCzPRMwfxln1spi62JKluF3A
Sayt: qiziltepa.uz

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-04-15 20:00:47
No comment
3.3K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-04-15 17:01:18 Гулбоғ ва Тошмачит маҳаллалари ёшлар етакчиларининг Навоий радиоканалига интервьюси
————————————
Gulbog‘ va Toshmachit mahallalari yoshlar yetakchilarining Navoiy radiokanaliga intervyusi
4.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-15 15:14:35
#live

Ayni paytda Toʻdakoʻl sohillaridagi "Silk road family resort" dam olish maskanida turizm agentliklari va OAV vakillari uchun press tur oʻtkazilmoqda.
5.2K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:46:42
HOKIMNING NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI

Tuman hokimligi binosida tuman hokimi U. Fayziyevning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Unda 60 ga yaqin tumandoshlarimizning turli yo‘nalishlardagi murojaat va takliflari tinglandi.

Tegishli mas’ullarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
——————————————
ҲОКИМНИНГ НАВБАТДАГИ ҚАБУЛИ ЎТКАЗИЛДИ

Туман ҳокимлиги биносида туман ҳокими У. Файзиевнинг навбатдаги шахсий қабули ўтказилди.

Унда 60 га яқин тумандошларимизнинг турли йўналишлардаги мурожаат ва таклифлари тингланди.

Tегишли масъулларга уларни ҳал этиш бўйича топшириқлар берилди.
5.5K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-04-15 10:51:08
HOKIM MADANIYAT VA SAN’AT SOHASI VAKILLARINI TAQDIRLADI

Qiziltepa tumanidagi "Nafosat" madaniyat markazida 15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi U. Fayziyev soha vakillarini bayram bilan tabriklab, ularning tumanimiz aholisi kayfiyatini yanada ko‘tarish, tumandagi madaniyat va san’atning rivojlanishidagi muhim o‘rni haqida to‘xtaldi va minnatdorchilik bildirdi. Soha vakillarining bir guruhiga hokimlikning tashakkurnomalari va sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konserti namoyish etildi.
——————————————————
ҲОКИМ МАДАНИЯТ ВА САНЪАТ СОҲАСИ ВАКИЛЛАРИНИ ТАҚДИРЛАДИ

Қизилтепа туманидаги "Нафосат" маданият марказида 15 апрель — Ўзбекистон Республикаси Маданият ва санъат ходимлари куни муносабати билан байрам тадбири ўтказилди.

Тадбир аввалида туман ҳокими У. Файзиев соҳа вакилларини байрам билан табриклаб, уларнинг туманимиз аҳолиси кайфиятини янада кўтариш, тумандаги маданият ва санъатнинг ривожланишидаги муҳим ўрни ҳақида тўхталди ва миннатдорчилик билдирди. Соҳа вакилларининг бир гуруҳига ҳокимликнинг ташаккурномалари ва совғалари топширилди.

Шундан сўнг тадбир иштирокчиларига туман Маданият бўлими томонидан тайёрланган байрам концерти намойиш этилди.
5.1K views07:51
Ochish/sharhlash
2023-04-15 05:07:01
ТУМАН ҲОКИМИ У. ФАЙЗИЕВНИНГ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАДАНИЯТ ВА САНЪАТ ХОДИМЛАРИ КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН БАЙРАМ ТАБРИГИ
1.2K views02:07
Ochish/sharhlash
2023-04-14 19:15:18
Tuman markazidan olisda, cho‘l bag‘rida joylashgan Yangi hayot mahallasida yashovchi Husniya aya Ergashevaning shukronalik haqidagi fikrlari...
————————————
Туман марказидан олисда, чўл бағрида жойлашган Янги ҳаёт маҳалласида яшовчи Ҳусния ая Эргашеванинг шукроналик ҳақидаги фикрлари...
4.6K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:45:21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Qiziltepa tumanidan o‘tuvchi 4R65 "Azizobod q – Kogon sh” avtoyo‘lining Qiziltepa-Vang‘ozi-Azizobod Yashnaobod MFY hududidagi 1,4 kmdagi quvurni qayta qurish ishlari boshlanganligi sababli yo‘l qisqa muddatga to‘liq yopildi.

Harakatlanish 4R63 avtomobil yo‘liga o‘tkaziladi. Vang‘ozi - Azizobod yo‘nalishidan harakatlanuvilarga Bo‘ston-Azizobod 4N370 yo‘li orqali vaqtinchalik harakatlanishlarini iltimos qilib qolamiz.
5.0K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:15:22 ISHGA MARHAMAT!

Ertaga soat 09.00 da
Vang‘ozi MFY hududida joylashgan Navoiy Arxitektura va qurilish texnikumida O‘zbekiston Respublikasidagi «ENTER Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasi loyihalariga  quyidagi yo‘nalishlarda ishlab chikarish xodimlarini saralash bo‘yicha  tanlov boshlanadi.

1. Betonchi                                                                                                              
2. Suvokchi-bo‘yeqchi
3. Gʻisht teruvchi
4. Armaturachi
5. Duradgor-qolipchi (plotnik-opalubщik)
6. Izolyatsiya ustasi (izolirovщik)
7. Bezakchi (otdelochnik)
8. Metallokonstruksiya montajniki

Ish tartibi va sharoitlari:

1. Ish vaxta bo‘yicha (22 kun ish / 8 kun dam olish)
2. 3 mahal issiq ovqat (nonushta,tushlik,kechki ovkat)
3. Vaxta shaharchasida yashash.
4. Maxsus kiyim va poyabzal (yozgi va qishki) beriladi
5. Oylik maoshi 2.5 mln.so‘mdan boshlanadi va undan yuqori (bajarilgan ish hajmiga qarab xisoblanadi).
6. Rasmiy mehnat shartnomasiga muvofiq

Saralash tartiblarida ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:
1. Rezyume/ nomzodning anketasi.
2. Pasport (nusxasi bilan)
3. Diplomlar,sertifikatlar yoki ta’lim va mutaxassislik bo‘yicha malakani tasdiqlovchi boshqa hujjat (nusxalari bilan)

Ma’lumot uchun tel: 91-243-60-06, 90-969-04-64.
———————————————
ИШГА МАРҲАМАТ!

Эртага соат 09.00 да
Ванғози МФЙ ҳудудида жойлашган Навоий Архитектура ва қурилиш техникумида Ўзбекистон Республикасидаги «ENTER Engineering Pte.Ltd.» компанияси лойиҳаларига  қуйидаги йўналишларда ишлаб чикариш ходимларини саралаш бўйича  танлов бошланади.

1. Бетончи                                                                                                              
2. Сувокчи-бўеқчи
3. Ғишт терувчи
4. Арматурачи
5. Дурадгор-қолипчи (плотник-опалубщик)
6. Изолятция устаси (изолировщик)
7. Безакчи (отделочник)
8. Металлоконструкция монтажники

Иш тартиби ва шароитлари:

1. Иш вахта бўйича (22 кун иш / 8 кун дам олиш)
2. 3 маҳал иссиқ овқат (нонушта,тушлик,кечки овкат)
3. Вахта шаҳарчасида яшаш.
4. Махсус кийим ва пойабзал (ёзги ва қишки) берилади
5. Ойлик маоши 2.5 млн.сўмдан бошланади ва ундан юқори (бажарилган иш ҳажмига қараб хисобланади).
6. Расмий меҳнат шартномасига мувофиқ

Саралаш тартибларида иштирок этиш учун зарур ҳужжатлар:
1. Резюме/ номзоднинг анкетаси.
2. Паспорт (нусхаси билан)
3. Дипломлар,сертификатлар ёки таълим ва мутахассислик бўйича малакани тасдиқловчи бошқа ҳужжат (нусхалари билан)

Маълумот учун тел: 91-243-60-06, 90-969-04-64.
6.9K views15:15
Ochish/sharhlash
2023-04-14 17:35:24
Jizzax viloyatida o‘tkazilgan "Maydon tomoshalari" respublika festivalida tumanimizning "Vang‘ozi" folklor jamoasi ham munosib ishtirok etishdi.
————————————
Жиззах вилоятида ўтказилган "Майдон томошалари" республика фестивалида туманимизнинг "Ванғози" фольклор жамоаси ҳам муносиб иштирок этишди.
4.4K views14:35
Ochish/sharhlash