Get Mystery Box with random crypto!

QarMII ONLINE

Telegram kanalining logotibi qarmii_talabalar — QarMII ONLINE Q
Telegram kanalining logotibi qarmii_talabalar — QarMII ONLINE
Kanal manzili: @qarmii_talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi yangiliklari yoritilib boriladi
Murojatlar va takliflar uchun:
📞 998 (75) 221-09-23
🌐 www.qmii.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-25 14:40:10 TALABALAR TURAR JOYIGA REKTOR TASHRIF BUYURDI

    Prezidentimiz kuni kecha xalqimizga  qilgan  murojaatnomasida  oliy  ta’lim  muassasalarida  yaratilayotgan  imkoniyatlar   va  shart-sharoitlarga,  talabalar   yashash  tarziga  yetarlicha  e’tibor  qaratilmayotganligi  to’g’risida  so’z  yuritgan  edilar. Shu  maqsadda  oliy  ta’lim  rektorlariga  alohida  ko’rsatmalar  berib, talabalarning  yashash  sharoiti  bilan  tanishib  muammo  va  takliflar  yuzasidan  uchraashuvlar  tashkil  qilish  haqida  ko’rsatmalar  bergan  edilar. Mazkur topshiriq yuzasidan  Qarshi  muhandislik-iqtisodiyot  instituti  rektori  O.Bozorov   hamda  Yoshalar  bilan  ishlar  bo’yicha  prorektor  A.Xayriddinov  joriy yilning 22 yanvar kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar  bilan  uchrashdi. Davra suhbati tarzida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar  mavjud  muammo  va  kamchiliklar, qolaversa  taklif  va  mulohazalar  haqida  so’z  yuritdilar

   23- yanvar  kuni  esa rektor  2-sonli talabalar turar joyiga bordi. U yerdagi  talabalar  bilan   erkin  muloqot  qilib, ularda  mavjud  muammo  va  kamchiliklarga   o’z  vaqtida  yechim  topishga  vada  berdi. Do’stono ruhda davom etgan tadbirda institut rektori iqtidorli talabalar  tomonidan  berilgan  takliflarga  o’z  munosabatlarini  bildirar  ekan,  albatta, bu  takliflar   intitutimiz  kelajagi  yo’lida  tadbiq  etishini aytdi

   Bu borada Sizlardan faqat va faqat  o’qish,  izlanish,   yaratib  berilayotgan  imkoniyatlardan  unumli  foydalanish talab etikladi, – deydi rektor.  - Ertaga  ota-onangizni  va  yurtimizning  ishonchini  oqlashga  harakat  Bu  yo’lda  esa  millatimizning  oyog’iga  bolta  uradigan   korrupsion  holatlarning   ildiz  otishiga   yo’l  qo’ymang,  bilib  bilmay  ishtirokchisiga  aylanib  qolmang,  zero  ma’naviy  barkamol  inson  korrupsiyaga   also  yo’l  qo’ymaydi.  Sizlardan  umidim  katta.  Har  biringiz  katta  bir  tashkilot  va  korxonaning  direktori   bo’lishingizga   shubxam  yo’q.

Rektor talabalar muammolarining yechimi borasida mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


@qarmii_talabalar
554 viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2021-01-25 14:31:25 OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

U-Report
va Davlat test markazi hamkorlikda yoshlarning oliy ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 13 011 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 34 foizga yaqini ayollardir.

Stadion va parklarda o‘tkazilgan imtihonlar sharoiti bo‘yicha respondentlarning 28 foizi yaxshi, 23 foizi o‘rtacha, 19 foizi issiq/sovuq, 17 foizi a’lo bo‘ldi degan fikrda.

Ishtirokchilarning aksariyati (75%) 2020-yilda bo‘lgani kabi OTMlarga hujjatlarni onlayn shaklda topshirishni afzal ko‘rishdi. Shu bilan birga, respondentlarning 1/5 qismi o‘zlari tanlagan universitetga tashrif buyurib, hujjatlarni oflayn ravishda rasmiylashtirish tarafdori.

Batafsil: https://uzbekistan.ureport.in/story/747/

@qarmii_talabalar
408 views11:31
Ochish/sharhlash
2021-01-22 15:03:17 O'qituvchilar o'quvchilarning telefonini olib qo'yishga haqqi bormi?

Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

TAQIQLANADI

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

RUXSAT ETILADI

Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o‘qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo‘yishi mumkin.

@qarmii_talabalar
1.0K views12:03
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:42:52 Эълон
Тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар диққатига!
Тўлов-контракт ҳисоб рақами ўзгарди.

Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институтининг тўлов-контракт бўйича шаҳсий ғазна ҳисоб рақами ўзгартирилди. Бунга сабаб, Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ғазначилиги томонидан бюджет ташкилотларининг бюджетдан ташқари маблағлар бўйича барча шахсий ғазна ҳисобварақларига ўргартириш киритилганлиги бўлди.

Шу муносабат билан, институтда тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалардан телеграмдаги @qmii_contracts_bot орқали шартнома бланкаси ҳамда шартномага ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги келишувнинг электрон файлини юклаб олишлари сўралади.

Мазкур "Шартномага ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги келишув"да институтнинг янги тўлов-контракт бўйича ҳисоб рақами кўрсатилган.

Шартнома бланкаси ҳамда қўшимча келишувларни элетрон шаклда юклаб олиш бўйича видео қўлланмани мана бу постдан кўришингиз мумкин.

Агарда, яқинларингиз, танишингиз Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институтида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган бўлса, ушбу постни уларга юборган ҳолда маълумот берсангиз яхши бўлар эди...

@QarMII_marketing
789 views18:42
Ochish/sharhlash
2021-01-19 20:48:13
Professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar diqqatiga!

Axborot resurs markazida ko’psonli o’rganuvchilar talablariga binoan Ingiliz tili, Rus tili va Kompyuter savodxonligi bo’yicha o’quv kurslari faoliyat boshladi.. Darslarni malakali xodimlar olib boradi. Darslar sizning talabingiz va bilim darajangizga qarab boshlang’ich bosqichdan boshlanadi.Shu bilan birga dars mashg’ulotlarini o’tish vaqti ham sizning vaqtingizga moslab rejalashtiriladi. Markazimiz noyob xorijiy adabiyotlar va zamonaviy intensive kitoblar “BOOKNOMY” bilan jihozlangan, barcha qulayliklarga ega mashg’ulotlar xonasi mavjud. Bularning barchasi albatta siz uchun!
Shoshiling, bilim olish uchun har bir daqiqa g’animat.

Manzil: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute Axborot-resurs markazi
Murojaat uchun tel: 91-214-91-11 91-227-83-83

@arm_qmii_uz
612 views17:48
Ochish/sharhlash
2021-01-18 18:23:53 2021 йилги давлат дастури лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди

"Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили" давлат дастурининг онлайн муҳокамаси бошланди.

Лойиҳага мана бу линк орқали ўтиб, муҳокамада иштирок этишингиз ва ўз таклифларингизни билдиришингиз мумкин.

Жумладан, давлат дастури лойиҳасида таълимга оид қуйидаги таклифлар берилмоқда:

«2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:

а) олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёшлар учун Президент гранти жорий этилсин.

Тегишли ташкилотлар 2021 йил 1 июнга қадар Президент грантини ажратиш тартибини ишлаб чиқсин ва ОТМларга кириш имтиҳонларида балл тўплаган шахслар тўғрисидаги очиқ маълумотларни назарда тутувчи ягона электрон реестрни шакллантирсин;

б) олий таълим муассасасида икки ва ундан ортиқ фарзанди шартнома асосида ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредити бериш ва талаба томонидан ушбу кредитни ўқиш даври тугагандан сўнг қайтариш амалиёти йўлга қўйилсин.

в) олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони 25 фоизга ҳамда эҳтиёжманд оилалар фарзанди бўлган хотин-қизлар учун давлат грантлари сони 2 бараварга оширилсин, шунингдек, хусусий ОТМларда мутахассисларни тайёрлашга давлат гранти бериш тизими жорий этилсин.

г) академик таътилни беришнинг қуйидаги тартиби ўрнатилсин:

- академик таътил олишни истаган талабалар ўз ихтиёрига кўра академик таътил муддатига таълимнинг сиртқи ва масофавий шаклига ўтказилиб (агар ОТМда бундай таълимнинг шакллари мавжуд бўлса), уларга узлуксиз мустақил таълим олиш имконияти яратилади;

- оиласининг бетоб аъзосини парвариш қилиш сабабли анъанавий шаклдаги таълимни давом эттириш имконияти бўлмаган талабаларга ҳам академик таътилни олиш ҳуқуқи берилади;

- талабаларга ўқиш давомида академик таътил берилиши бўйича миқдорий чекловлар бекор қилинади;

- академик таътилдан қайтган талабаларни илгари ўзлаштирилган фанлар бўйича қайтадан ўқитиш амалиёти бекор қилинади.

д) илмий унвон ва илмий даражаларни бериш ваколати 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб республиканинг нуфузли ОТМларининг илмий кенгашларига босқичма-босқич ўтказилсин».


@qarmii_talabalar
541 views15:23
Ochish/sharhlash
2021-01-17 04:52:32 Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.

@qarmii_talabalar
1.0K views01:52
Ochish/sharhlash
2021-01-16 16:08:50 ​​#perevod
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

@qarmii_talabalar
631 views13:08
Ochish/sharhlash
2021-01-14 11:25:13
Қарши шаҳрида ўтказилаётган ҳарбий парад, воҳа аҳлига кўтаринки кайфият бағишлаётганини ушбу видеода кўришингиз мумкин.

@qarmii_talabalar
584 views08:25
Ochish/sharhlash
2021-01-13 20:35:03
Rasman: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va O'zbekiston Milliy Universiteti rektori Avazjon Maraximov o'z lavozimlaridan ozod etildi

@qarmii_talabalar
709 views17:35
Ochish/sharhlash