Get Mystery Box with random crypto!

TALABALAR TURAR JOYIGA REKTOR TASHRIF BUYURDI     Prezidentim | QarMII ONLINE

TALABALAR TURAR JOYIGA REKTOR TASHRIF BUYURDI

    Prezidentimiz kuni kecha xalqimizga  qilgan  murojaatnomasida  oliy  ta’lim  muassasalarida  yaratilayotgan  imkoniyatlar   va  shart-sharoitlarga,  talabalar   yashash  tarziga  yetarlicha  e’tibor  qaratilmayotganligi  to’g’risida  so’z  yuritgan  edilar. Shu  maqsadda  oliy  ta’lim  rektorlariga  alohida  ko’rsatmalar  berib, talabalarning  yashash  sharoiti  bilan  tanishib  muammo  va  takliflar  yuzasidan  uchraashuvlar  tashkil  qilish  haqida  ko’rsatmalar  bergan  edilar. Mazkur topshiriq yuzasidan  Qarshi  muhandislik-iqtisodiyot  instituti  rektori  O.Bozorov   hamda  Yoshalar  bilan  ishlar  bo’yicha  prorektor  A.Xayriddinov  joriy yilning 22 yanvar kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar  bilan  uchrashdi. Davra suhbati tarzida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar  mavjud  muammo  va  kamchiliklar, qolaversa  taklif  va  mulohazalar  haqida  so’z  yuritdilar

   23- yanvar  kuni  esa rektor  2-sonli talabalar turar joyiga bordi. U yerdagi  talabalar  bilan   erkin  muloqot  qilib, ularda  mavjud  muammo  va  kamchiliklarga   o’z  vaqtida  yechim  topishga  vada  berdi. Do’stono ruhda davom etgan tadbirda institut rektori iqtidorli talabalar  tomonidan  berilgan  takliflarga  o’z  munosabatlarini  bildirar  ekan,  albatta, bu  takliflar   intitutimiz  kelajagi  yo’lida  tadbiq  etishini aytdi

   Bu borada Sizlardan faqat va faqat  o’qish,  izlanish,   yaratib  berilayotgan  imkoniyatlardan  unumli  foydalanish talab etikladi, – deydi rektor.  - Ertaga  ota-onangizni  va  yurtimizning  ishonchini  oqlashga  harakat  Bu  yo’lda  esa  millatimizning  oyog’iga  bolta  uradigan   korrupsion  holatlarning   ildiz  otishiga   yo’l  qo’ymang,  bilib  bilmay  ishtirokchisiga  aylanib  qolmang,  zero  ma’naviy  barkamol  inson  korrupsiyaga   also  yo’l  qo’ymaydi.  Sizlardan  umidim  katta.  Har  biringiz  katta  bir  tashkilot  va  korxonaning  direktori   bo’lishingizga   shubxam  yo’q.

Rektor talabalar muammolarining yechimi borasida mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


@qarmii_talabalar