Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi? U-Report va Davlat | QarMII ONLINE

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

U-Report
va Davlat test markazi hamkorlikda yoshlarning oliy ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 13 011 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 34 foizga yaqini ayollardir.

Stadion va parklarda o‘tkazilgan imtihonlar sharoiti bo‘yicha respondentlarning 28 foizi yaxshi, 23 foizi o‘rtacha, 19 foizi issiq/sovuq, 17 foizi a’lo bo‘ldi degan fikrda.

Ishtirokchilarning aksariyati (75%) 2020-yilda bo‘lgani kabi OTMlarga hujjatlarni onlayn shaklda topshirishni afzal ko‘rishdi. Shu bilan birga, respondentlarning 1/5 qismi o‘zlari tanlagan universitetga tashrif buyurib, hujjatlarni oflayn ravishda rasmiylashtirish tarafdori.

Batafsil: https://uzbekistan.ureport.in/story/747/

@qarmii_talabalar