Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza KO‘NIKSH Avvalgi postimizda unutish ha | Fikrim. uz

#mulohaza

KO‘NIKSH

Avvalgi postimizda unutish haqida gaplashgan edik. Bugun esa ko‘nikish haqida gaplashgan bo‘lamiz.

Ko‘nikish. Bu xislat ham inson fitratiga xos. Inson ilk bor qachon ko‘nikkan edi?

Onasining qornida, zulmatda yotgan bola ilk bor yorug‘ dunyoga chiqqanida, zulmatdan ziyoga ko‘nikolmay yig‘lagandi. Qattiq yig‘lagandi. Lekin KO‘NIKDI.

U ilk bora maktabga bordi. Dastlab ko‘nikolmadi, lekin keyin KO‘NIKDI.

U o‘qish uchun qattiq tayyorlandi. Ammo talabalik nasib qilmadi. Boshida ko‘nikolmadi. Keyin KO‘NIKDI.

U talaba bo‘ldi. Dargoh u o‘ylagandek emas edi. Bilimini yuqori baholashmadi. Sessiyadan yiqildi. Undan pul so‘rashdi. Bular u uchun adolatsizdek tuyuldi. Bunga ko‘nikolmadi. Lekin keyin KO‘NIKDI.

U bir qizni qattiq "sevardi". Bir kuni o‘zlari birga o‘tiradigan bog‘da, shu o‘rindiqqa uni do‘sti bilan ko‘rdi. Dastlab buni hazm qilolmadi. Qinaldi. Ularni kechirmadi. Lekin u KO‘NIKDI.

U uylandi. Ayoli ko‘ngildagidek emas edi. Boshida yoshayolmayman deb o‘yladi. Ajrashmoqchi bo‘ldi. Lekin yashab ketdi. KO‘NIKDI.

U yaqinlaridan ayrildi. Rosa yig‘ladi, siqildi. Endi yasholmayman dedi. Lekin yashadi. KO‘NIKDI.

Farzandi nomaqul chiqdi. Boshini xam qildi. Lekin bunga ham KO‘NIKDI.

U keng joy, qora kiyim, yorug‘ xonani yoqtirardi. Do‘stlar davrasida bo‘lishni sevardi. Bir kuni u dunyoni tark etdi. Endi uni tor, qorong‘u qabrga qora emas oq matoga o‘rab yer ostiga yolg‘iz qo‘yishdi. Endi u bunga ham KO‘NIKADI.
Chunki KO‘NIKISH uning fitratiga xos edi.

Siz ham ko‘nikasiz, ishonavering.


Farruh Qarshiyev


@qarashlarim_uz