Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza UNUTISH Unutish- bu Alloh taolonin | Fikrim. uz

#mulohaza

UNUTISH

Unutish- bu Alloh taoloning insoniyatga bergan ne'mati.
Agar shu ne'mat berilmaganda, biz dunyodan butun umr qiynalib o‘tardik. Xo‘sh, inson va insoniyat nimalarni unutdi?!

Inson Al-Miysoq kunida Robbisiga bergan va'dasini unutdi. Uni Rob deb tan olishini
UNUTDI!

Inson asosiy vazifasni Robbisiga qulligini UNUTDI!

Odam bolasi tug‘ildi. Bir tomchi nutfadan ya'ni jirkanch suvdan yaralganini UNUTDI.

Odam bolasi tug‘ildi. Ojiz edi, zaif edi. Ota-onasi uni voyaga yetkazdi. Lekin farzand ularning yaxshiligini UNUTDI.

Ota-onasi farzand ulg‘aygach o‘qisin deb shaharga yubordi. Maqsadi o‘qish edi. Lekin farzand sevgiga, telefonga berilib asosiy fazifasi-o‘qishini UNUTDI.

U tayyorlandi. Qattiq o‘qidi, kechalari uxlamadi, och qoldi va talaba bo‘ldi. Lekin qiynalganlarini UNUTDI.

Talabalik oltin davrim dedi va parkka, bog‘ga, tungi kulubga bordi. Qo‘l ushlashib orzular qildi, lekin o‘qimadi. UNUTDI.

Bir ortiga qarasa o‘qishni tugatib qo‘yibdi. Endi bolalarga bilim berish kerak. Ammo o‘zi o‘qimagan. Shuning uchun darsda o‘zi haqida gapirib berardi. Oilasi, mashinasi, farzanlari-yu, qo‘shnisining qudasini tog‘asi palon joyda ishlashi haqida. U yana UNUTDI.

Bu orada otasidan ayrildi. Bir kun yig‘ladi, ikki kun yig‘ladi. Onasini yonidan jilamadi. Ehson qildi. Lekin buni ham UNUTDI.

Kimlarni yo‘qotdi, kimlarni topdi. Lekin yana UNUTDI.

Uning eng unutgan narsasi maqsadi edi. Lekin u UNUTGANDI.

Ba'zida ma'ruzalar eshitar, ko‘zi yoshlanar, tavba qilar, ammo yana UNUTDI.

Ketar chog‘ida, hammasini esladi. Ammo kech edi. UNUTGANDI.


Ha, unutish ham bir ne'mat. Agar biz unutolmaganimizda hayotimiz qiyinlashardi. Kimdirning aytgan achchiq gapini bi umr yodimizda olib yurib, qinlardik.
Kimdir sizni unutib yuborsa xafa bo‘lmang. Bu uning fitrartida bor! Axir, Robbisini unutgan inson sizni eslarmidi.
Siz ham unutilasiz, men ham unutilaman. Shuning uchun insonlar tanisin deb emas Robbimni taniy deb yashang. Robbimiz bizni UNUTIB qo‘ymasin.

Men bilgan ko‘p insonlar unutdi. Men ham ularni unutdim.


@qarashlarim_uz