Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Bu qishog‘imizdagi eski tegirmon. Dastlab, bobom rahma | Fikrim. uz

#ibrat

Bu qishog‘imizdagi eski tegirmon. Dastlab, bobom rahmatliniki bo‘lgan. Bir yili qishog‘imizda qattiq ocharchilik bo‘lgan. Qishlog‘da un qolmagan. Keyin qo‘shni qishloqdagilar kelib bug‘doydan un qilishgan va tegirmon haqqiga un tashlab ketishgan. Momom esa shu qolgan undan har kuni non qilib xalqqa tarqatgan va ocharchilikdan chiqishgan. Keyin ba'zilar janjal qilib tegirmonni olib qo‘yishgan rahmatli bobomdan. Tegirmondan baraka ketgan. Tegirmon yaqin-yaqingacha ishlardi. Bobom olamdan o‘tgandan keyin tegirmonni suv urib ketdi va mana shu ahvolga kelib qoldi. Hech kim qaramay qo‘ydi. Bundan ikkita xulosa olish mumkin!

Birinchisi, birovni norozi qilib olingan narsadan baraka topib bo‘lmasligi.

Ikkinchisi, har kimning rizqi, barakasi o‘zi bilan ekanligi.

@qarashlarim_uz